So’nggi yangiliklar

01:55ПСЖ финалда "Интер"га жавобсиз 5та гол урди ва ўз тарихида биринчи марта ЕЧЛ бош совринига эга чиқди  106 00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  59 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  32 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0

Analitika – o'zbek futbolidagi rivojlanish kaliti. Faqatgina shunday qilib "yangi Husanovlar"ni olamiz Yangiliklar

Analitika – o'zbek futbolidagi rivojlanish kaliti. Faqatgina shunday qilib "yangi Husanovlar"ni olamiz

Zamonaviy texnologiyalarning qanchalik muhimligi haqidagi voqea.

Yaqinda Superliga klublaridagi selekciya qanday yo'lga qo'yilgani va skautingning zamonaviy futboldagi muhimligi haqida malumot bergandik. Bugun mavzuni davom ettiramiz va analitik platformalar haqida gaplashamiz.



Superliga klublarining qanday qilib bepul analitikani rad etishgani haqida voqea

O'zbekiston chempionatining analitik platformalar bilan munosabatlari oddiy emas. O'zPFL 2020 yilda Superliga klublari uchun InStat kompaniyasidan xizmatlar paketini xarid qildi. Bizdagi malumotlarga ko'ra, bu liga uchun nisbatan arzonga tushgan. SHunday qilib, jamoalar umuman turli maqsadlarda foydalanish mumkin bo'lgan bepul analitikani olishdi. Ulardan masalan o'z o'yinini, raqib o'yinini, tarkibni tahlil qilish, ehtimoliy yangi o'yinchilarni izlash va baholash va hokazolarda foydalanish mumkin.

Endi savol bunday: nima deb o'ylaysiz, Superliga klublaridan nechtasi yil davomida InStat'dan foydalanishgan? To'g'ri javob – 14tadan 4tasi. O'zPFL yakunda analitika malumotlariga past talab sabab kelishuvni ikkinchi yilda uzaytirmaslikka qaror qilgan. O'shandan beri O'zbekiston chempionati InStat va boshqa analitik platformalarda (masalan, WyScout) deyarli mavjud bo'lmagan. Statistika to'liq bo'lmagan ko'lamda taqdim etilgan, yozuvlardagi o'yinlar soni umumiy sondan 50-60%dan oshmagan.


"O'yinchilaringizni qanday qilib ko'rishimiz kerak?"

Bu erda nima bo'libdi deyishingiz mumkin. Xo'sh, analitika. Oldin u siz ham qandaydir qilib yashashgan va o'ynashgan. Ammo, sizlarga mahalliy futbol bilan aloqada bo'lgan insonlardan birining menga aytib bergan voqeasini gapirib bermoqchiman.

Evropalik inson bilan suhbatda o'yinchilarni analitik platformalarda ko'rish mavzusi ko'tarilgan. "O'yinchilaringizni qanday qilib ko'rishimiz kerak?" – deb so'ragan evropalik suhbatdoshimdan.

Terma jamoalarimiz o'smirlar va yoshlar turnirlarida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Albatta, umumiy fonda o'tgan yili Osiyo Kubogi U-23'da olimpiya termasining kumushi va O'zbekiston U-20 terma jamoasining yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogidagi g'olibligi ajralib turadi. SHubhasiz, bularning barchasi xorij klublaridan o'yinchilarimizga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi. Ammo, ularni uzoq muddatli istiqbol uchun ko'rish deyarli imkonsiz. Terma jamoalar katta turnirlarda 3tadan 6tagacha o'yin o'tkazadi. Bu esa o'yinchining istiqbolini baholash uchun juda kam. Yosh futbolchini sifatli tahlil qilish uchun 10ta atrofida o'yin talab etiladi. Faqatgina shu orqali uning hozirgi darajasi va bir necha oylar davomidagi o'sishini kuzatish mumkin.



Abduqodir Husanov va uning "Lans"ga o'tishida biroz bo'lsa ham omadning hissasi bor, sababi francuz klubi skautlari O'zbekiston va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi yoshlar jahon chempionati o'yinida bo'lishgan. Argentinaliklar avvaliga turnirga yo'llanma ola bilishmagan va faqatgina Indoneziyaning boykot uyushtirishi orqaligina ishtirok etishdi. Albatta, Husanov haqida Evropaning ayrim klublari bilishar edi (xususan, Turkiyadan), ammo u uchun aynan Argentinaga qarshi yoshlar jahon chempionatidagi o'yin o'ziga xos "tashrif kartochkasi" bo'ldi. SHundan so'ng skautlar Abduqodirning "Energetik-BGU"dagi o'yinlarini ko'radigan bo'lishgan, sababi Belarus chempionati analitik platformalarda yoritiladi.

Ammo, evropalik skaut qanday qilib Fayzullaev, Asqarov, Mahamadjonov, Esanov va boshqa U-20 termasidagi yigitlarni kuzatishi mumkin? Hech qanday.

O'zbekiston o'zini o'zi futboldagi rivojlanishdan va yakunda Evropadagi yangi legionerlardan ayirmoqda. Sababi, hech kim yosh o'yinchini sifatli baholash uchun skautini O'zbekistonga bir necha oyga yubormaydi.



Ertami-kechi o'zbek futboli evolyuciya qilishga, yanada zamonaviy va texnologik bo'lishiga to'g'ri keladi. Savol faqatgina buning qachon ro'y berishida, sababi hozirgi futbolchilar avlodi O'zbekiston tarixidagi eng iqtidorlilaridan biri hisoblanadi. Yildan-yilga ularda kuchliroq chempionatga ketish uchun imkoniyat pasayib boradi.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика