So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Ana xolos! “Surxon” Inomov, Rahimov va Tojievni ortga qaytardi Yangiliklar

Ana xolos! “Surxon” Inomov, Rahimov va Tojievni ortga qaytardi

PRO-Liga musobaqasi ayni qizigan pallada Termizning “Surxon” jamoasi barchaning etiborini o'ziga qaratmoqda.

“A” guruhi qatnashchisi bo'lgan “Surxon” bu yil o'z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygandi. Ammo jamoaning ishlari ko'ngildagidek kechayotgani yo'q. SHu bois rahbariyat kuni-kecha bosh murabbiyni o'zgartirishga qaror qildi. Tajribali Igor SHkvirin o'z arizasiga binoan istefoga chiqqan bo'lsa, uning o'rniga joriy mavsum boshida “Surxon”da bosh murabbiy Dilshod Nuralievga yaqindan yordam bergan Rifat Akramxo'jaev taklif etildi. Malumot uchun Akramxo'jaev bungacha ham bosh murabbiy sifatida sobiq – “NBU-Osiyo” jamoasini boshqargandi. Endilikda u “Surxon”ni kuchlilar safiga qaytarish uchun astoydil urinib ko'radi.

Bu hali hammasi emas. Sababi termizliklar chempionatning ayni o'rtasiga kelganida tajribali futbolchilar – Islom Inomov, Ibrohim Rahimov va Farhod Tojievni ham ortga qaytarishga qaror qildi. Muxlislarga yaxshi malumki, ushbu trio yozgi transfer oynasida termizliklar bilan xayrlashgandi. Endilikda ular navbatdagi turdan boshlab yana jamoaga yordam berish extimoli yuqori. SHu o'rinda ushbu masala bo'yicha har kimda turli savollar tug'ilishi tabiiy va bunga javoban shuni aytish o'rinliki, “Surxon” futbol klubi Islom Inomov, Ibrohim Rahimov hamda Farhod Tojievni transfer oynasi chog'ida futbolchilar ro'yxatidan chiqarib yubormagan. Aks xolda ularning yana termizliklar safiga qaytishiga xojat qolmasdi.  



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика