Ana holos! Gvardiola 2015 yildayoq "Siti" bilan shartnoma imzolagan

Mirjalol Normatov
7 noya 2018, 22:18
"Manchester Siti" 2015 yilning oktyabrida "Bavariya"da faoliyat olib borgan Pep Gvardiola bilan shartnoma imzolagan.

Bu haqda "Football Leaks" nashri Gvardiolaning yaqin insonidan bilib olgan.

Kataloniyalik murabbiy 2015 yilning 10 oktyabr kunida "Man Siti" bilan shartnomaga imzo chekkan. O'shanda u "Bavariya"da ish boshlaganiga 2 oy vaqt o'tgandi.

Gvardiola "Manchester Siti"dagi ilk mavsumida 13,5 mln, ikkinchi mavsumida esa 16,75 mln funt ishlab olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Leaks