So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

An CHjun Xvan: "Eron shoshilmaydi, bu esa bizga qo'l keladi" Yangiliklar

An CHjun Xvan: "Eron shoshilmaydi, bu esa bizga qo'l keladi"

Janubiy Koreyalik sobiq futbolchi An CHjun Xvan Eronga qarshi bahs oldidan futbolchilarni noxush anana haqida o'ylamaslikka chaqirdi.

Malumki, JCH-2018 saralash bosqichining navbatdagi turida Janubiy Koreya o'z maydonida allaqachon mundial yo'llanmasini hal qilgan Eronni qabul qiladi. Turnir jadvalida J.Koreya 13 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Ular hozircha O'zbekiston termasidan atigi bir ochko ko'p to'plashgan. 

Janubiy Koreya Eronni oxirgi marta 2011 yil mag'lubiyatga uchratgan va shundan so'ng qatorasiga to'rtta o'yinda yutqazib qo'ygan. Oldingi jahon chempionati saralash bosqichida ham koreyaliklar uyda mag'lub bo'lishgandi. Lekin 2002 yilgi jahon chempionatida porlagan An Jung Xvanning aytishicha, endilikda hammasini unutadigan vaqt keldi. 

"Yutishing kerak bo'ladigan o'yinlar juda og'ir o'tadi, - deydi JCH-2002da Italiya darvozasiga to'p kiritgan sobiq hujumchi. - Bu senga qo'shimcha bosim yuklaydi. Hozir Koreya termasi ringning bir burchagiga qamalib olgan va bu paytda qilinadigan birinchi ish o'ziga kelib olish va qayta zarba berish bo'ladi. Biz noxush anana haqida ko'p o'ylashimiz kerak emas, uni yo'qqa chiqarishimiz lozim. Agar Eronni mag'lub etsak, hammasi joyiga tushadi".

Janubiy Koreya termasi saralashning hal qiluvchi bosqichini o'tgan yil ancha yaxshi boshlagandi. Ular dastlabki uch uchrashuvda etti ochko jamg'arishdi, ammo jamoa safarda Eronga 0:1 hisobida engilib qaytganidan so'ng ikki bor zafar quchib yana ikkita o'yinda yutqazib qo'ydi. Natijada birinchi o'rindagi Eron guruh jadvalida ancha uzoqlashib ketdi.

Endilikda bu jamoa bugun o'z maydonida Eronni qabul qiladi va 5 sentyabr kuni Toshkentda O'zbekiston mehmoni bo'ladi. 

"Biz o'z o'yinimizni o'ynashimiz kerak. Eron jahon chempionatiga chiqib bo'ldi, ular hech qaerga shoshilmaydi, bu esa bizga qo'l keladi. Lekin boshqa tomondan tan olish kerak, biz hozir jamoa sifatida kuchli emasmiz. Bizda alohida kuchli o'yinchilar bor, lekin oxirgi o'yinlarda bir jamoa bo'lib o'zimizni ko'rsata olmadik". 

Malumot uchun, An CHjun Xvan milliy terma jamoada 1997 yil o'z debyutini nishonlagan. U 2002 va 2006 yilgi mundiallarda gol urgan, shuningdek JCH-2010da ham terma jamoa tarkibida bo'lgan. 

"2002 yil jahon chempionatida biz Italiyani yutamiz deb hech kim o'ylamagandi. Futbolni kutilmagan natijalar uchun ham odamlar yaxshi ko'radi. Lekin hozir JCH-2018 haqida gapirish og'ir, chunki unga hali chiqqanimiz yo'q. Eng muhimi, oldin mundial yo'llanmasini hal qilib olish, ana undan keyin gapirsa bo'ladi. CHunki bora olmasak o'zimizga kelib olishimiz juda qiyin kechadi".

X.Xoliqov tayyorladi. 


Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика