So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Amirjon Safarov: “Kamroq o'ynaganim sababli, o'zimga bo'lgan ishonch kamaygandi” Yangiliklar

Amirjon Safarov: “Kamroq o'ynaganim sababli, o'zimga bo'lgan ishonch kamaygandi”

Samarqandlik muxlislarga tanish bo'lgan hujumchi Amirjon Safarov ham legionerga aylandi. U Tojikiston chempionati ishtirokchisi “Fayzqand” bilan shartnoma imzolandi. SHundan so'ng uning fikrlarini olish maqsadida Safarov bilan bog'landik.

“Fayzqand”ga o'tishi xususida

- Bu klubga o'tishim oddiy holatda ro'y berdi. Internet orqali jamoa boshlig'i aloqaga chiqib, jamoasiga chaqirdi. Ular meni avvaldan bilishini va jamoaga yordam berishimni aytishdi. Gaplashib, muzokaralardan keyin shartnoma imzoladim. To'g'risi, o'tgan mavsum “Buxoro”da o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim, shu sababli ham bu variantni qabul qildim. “Fayzqand” safida o'ynab, yanada kuchliroq holda o'zimizga qaytishni maqul topdim. O'ylaymanki, qarorim o'zini oqlaydi. 

Yaratilgan sharoitlar borasida

- Jamoada sharoitlar juda yaxshi. Bu yil yangi jamoa shakllanmoqda. Eng muhim jihati, odamgarchilik birinchi o'rinda turadi ekan. SHu tomoni menga juda maqul keldi. 

“Xo'jand” bilan kelisha olmagani haqida

“U erda ham qolishim mumkin edi. Biz moliyaviy tomonlama kelisha olmadik. Natijada, “Xo'jand”ga o'tishim amalga oshmay qoldi. 

O'zbek klublaridan takliflar to'g'risida

- Yashirmayman, o'zimizning jamoalarimizdan takliflar bo'ldi. Lekin o'tgan mavsumda o'ynamaganim sababli, o'zimga bo'lgan ishonch kamaygandi. Tojikiston chempionatiga yo'l olib, u erda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lsam, avvalgi sport formamni tiklagan bo'laman. Keyinchalik o'zbekistonning birorta jamoasiga yo'l olishim mumkin. 

Rejalari haqida

- Maqsadim joriy mavsumda “Fayzqand” safida ko'proq gollar urib, kelasi yilda O'zbekiston Superligasiga kuchli bo'lib qaytishni niyat qilganman. Xudo xohlasa, maqsadimga erishaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика