So’nggi yangiliklar

17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  2 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  0 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  1 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   11 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  3 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  1 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  3 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  2

Amirjon Safarov - "Dinamo"ning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi! Yangiliklar

Amirjon Safarov - "Dinamo"ning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi!

Teglar :  Amirjon Safarov
Dinamoning yana Oliy Ligaga qaytishi bilan yakunlangan 2016 yilgi mavsumdan so'ng, klub rasmiy sayti o'z ananasiga binoan muxlislar o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, jamoaning bu yilgi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Klub rasmiy saytida o'tkazilgan, Dinamo jamoasining 2016 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim? so'rovnomasida eng ko'p ovoz jamoa to'purari Amirjon Safarovga nasib etdi. Joriy mavsumda 23 ta gol urishga erishgan 21 yoshli samarqandlik hujumchiga umumiy ovozlarning 43.6% foizi, yani 673 ta ovoz berilgan.

Muxlislar nazdiga ko'ra, bu borada ikkinchi o'rin tezkor yarimhimoyachi Jonibek Ko'chimovga nasib etgan. Joriy yilda klubning eng yaxshi assistenti bo'lgan 18 yoshli futbolchi 206 ovoz (13.4%) olgan.

So'rovnoma yakunlariga ko'ra, 3-o'rinda Omadjon Tayloqov qayd etildi. Jamoada standart vaziyatlari ustasi bo'lgan 25 yoshli yarimhimoyachi 141 ta (9.1%) ovoz olgan.

SHuningdek, Jasur Azimov 104 (6.7%), Bunyod Isroilov 94 (6.1%), Alisher Xoliqov 76 (4.9%), Mixail Naumov 75 (4.9%), Akmal Bozorov 74 (4.8%), Aleksey Nikolaev 55 (3.6%), Viktor Klishin 45 (2.9%) singari futbolchilar ham so'rovnomada ovoz olishgan. So'rovnomada umumiy 1543 ta ovoz berilgan.

Eslatib o'tamiz, 2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so'rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan Dinamoning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko'rilgan:

2007 yil – Farhod Tojiev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – [Devid Oniya]

2012 yil – Ivan Nagaev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.

2015 yil – Kamoliddin Murzoev.

2016 yil – Amirjon Safarov.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика