So’nggi yangiliklar

00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  1 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  1 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  1 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  14 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  5 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  11 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  4 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1

Amirjon Safarov: “Dinamo” oldiga yuqori vazifalar qo'yilgan” Yangiliklar

Amirjon Safarov: “Dinamo” oldiga yuqori vazifalar qo'yilgan”

Samarqandning “Dimnamo” klubi bu birinchi ligada ishtirok etib yana oliy ligaga qaytdi.

Samarqand klubi sharafini himoya qilgan Amirjon Safarov bu yil birinchi ligada 23ta gol urishga erishdi. Biz ushbu futbolchi bilan faoliyati to'g'risida suhbatlashdik.

-  Birinchi liga bahslari “Dinamo” uchun qanday o'tdi?

-  Bu yil “Dinamo” jamoasi birinchi ligada ishtirok etib oliy liga yo'llanmasini muddatidan avval qo'lga kiritdi. Bunday natijaga jamoaviy o'yin evaziga erishdik, deb o'ylayman. Bunday natijada murabbiylar shtabining xizmatlarini alohida etirof etish kerak. Birinchi ligada ko'plab og'ir uchrashuvlarni o'tkazdik. Oliy ligaga qaytganimizdan xursandman.

-  Bu yil siz raqiblar darvozasini 23 bor ishg'ol qilishga erishdingiz va  klubning eng yaxshi futbolchisi bo'ldingiz. Bunga qanday erishdingiz?

-  Murabbiylarimning ko'rsatmalariga amal qilgan holda tinmay mashg'ulotlar o'tkazdim. O'z ustimda tinmay ishlashdan to'xtamadim. Bunday natijaga erishishimda jamoadoshlarimning ham xizmatlari katta. Agarda ular bo'lmaganida men bunday natijalarga erisha olmasdim. SHuning uchun ham ularga katta rahmat aytaman.

-  Sizga boshqa jamoalardan takliflar bormi?

-  Albatta, Toshkent jamoasidan taklif bo'lganini aytishim mumkin. Lekin qaysi klubdanligi sir bo'la qolsin.

-  Mana birinchi ligada ishtirok etdingiz. Birinchi ligada ko'p narsa talabga javob bermaydi. To'g'rimi?

-  Ha albatta, bu gapingizda jon bor. Bazi jamoalarning stadionlari umuman talabga javob bermaydi. Endi bunday muammolarni biz xal qilmaymiz. Buni ko'rib chiquvchi odamlar bor. Men bu haqida hech nima deya olmayman. Har qanday jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. SHu maqsadlar sari intiladi, deb o'ylayman.

-  Futbol orqali ilk olgan maoshingizni eslay olasizmi?

-  Albatta, eslay olaman. Lekin qanchaligini ayta olmayman. Maoshimga ro'zg'or buyumlari sotib olganman. Ota-onam  bundan juda ham quvonishgan.

-  Siz futbolga 11 yoshingizda qadam qo'ygansiz. Birinchi murabbiyingiz Same Egamberdiev bo'lgan. Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan?

-  Futbolga kirib kelishimga akam sababchi bo'lgan. Yoshligimda akam futbol bilan shug'ullanardi. Men ham akamga xavas qilib ularning ortidan ergashib futbolga kirib kelganman.


-  Akangiz Akmal Safarov haqida ham biroz gapirib bera olasizmi?
-  Akam ham avval Same Egamberdiev va Said Egamberdiev qo'l ostida mashg'ulot o'tkazgan. Akamga meni ham futbol to'garagiga olib boring deganman. SHundan so'ng akam bilan birga ushbu murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazganmiz. Keyinchalik mashg'ulotlarga o'zim bora boshladim. Akam esa katta futbol bilan xayrlashishga majbur bo'lgan. Oilaviy sharoitimiz futbolga biroz to'g'ri kelmagani bois pul topish uchun akam boshqa ishga o'tib ketgan.

-  “Dinamo” jamoasiga sizni kim taklif qilgan?

-  Same Egamberdievning otasi Said aka Egamberdiev meni “Dinamo” jamoasiga borishimni maslahat bergan. O'shanda meni Igor Nikolaevich ismli murabbiy kutib olgan va ko'rikdan o'tkazgan.

-  Kelasi yili "Dinamo" oliy ligada ishtirok etadi. Jamoa oldinga qanday vazifalar qo'yilgan?

-  Kelasi yili “Dinamo” jamoasi o'zgacha bo'ladi, deb o'ylayman. Jamoa oldiga yuqori vazifalar qo'yilgan.

-  Siz faqat muxlislar uchun futbol o'ynaysizmi yoki pul topib yaxshi yashash uchunmi?

-  Birinchi navbatda jamoa manfaati uchun, keyin esa muxlislar uchun futbol o'ynayman. Qolgani asta-sekin bo'laveradi.

-  Mana asta-sekin muxlislar ko'nglidan joy olayapsiz. Yulduzlik kasaliga duchor bo'lishdan qo'rqmaysizmi?

-  Men bunday narsalardan yiroqdaman.

-  Ilhom SHaripov qanday murabbiy?

-  Ilhom aka men uchun juda ham yaxshi murabbiy. Ushbu mutaxassis qo'l ostida mashg'ulot o'tkazayotganimdan xursandman. Vaqti keganda qattiqqo'l bo'ladi, boshqa payt ulardan xushchaqchaq insonni uchratish qiyin bo'lib qoladi.

-  Murabbiyingizni qaysi hislatlarini qadrlaysiz?

-  Yoshlarga katta ishonch bildiradilar. SHu hislatlari yoqadi.

-  Oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?

-  Avvalambor yaxshi futbolchi bo'lish. “Dinamo” jamoasini kelgusi yili peshqadamlar safida ko'rish va albatta O'zbekiston milliy terma jamoasi safida harakat qilib yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarishni maqsad qilganman.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.


Amirjon Safarov - "Dinamo"ning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi!

Amirjon Safarov: "Dinamo" klubi sport direktori bilan bahsda g'olib chiqdim"

Amirjon Safarov: "Gollarim "Dinamo"ga g'alaba keltirganidan xursandman"

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика