So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Amirjon Safarov: "Dinamo" klubi sport direktori bilan bahsda g'olib chiqdim" Yangiliklar

Amirjon Safarov: "Dinamo" klubi sport direktori bilan bahsda g'olib chiqdim"

O'tgan yilgi omadsizlikdan so'ng Dinamo klubi oldiga bir yilning o'zidayoq Birinchi Ligadan Oliy Ligaga chiqish vazifasi qo'yilgach, yangi mahalliy bosh murabbiy Ilhom SHaripov dastlabki ishni jamoa asosini mahalliy yosh futbolchilardan tashkil etishdan boshladi.

Qaror naqadar to'g'ri bo'lganligini bugun Dinamoning natijasi va etishib chiqayotgan istedodli yosh futbolchilar misolida ko'rish mumkin. Ulardan biri Amirjon Safarov bo'lib, 21 yoshli hujumchi Mashal-2 bilan o'yindagi xet-triki evaziga Dinamoning g'alabasini taminlab, 17 ta gol bilan Birinchi Liganing eng yaxshi to'purariga aylandi. O'yindan keyin tur qahramonidan intervyu oldik.

- Amirjon, avvalo futbolga kirib kelishingiz haqida gaplashsak…


- Bolalagimdan to'pga oshno tutinganman. Akam Akmal Safarov Motrid mahallamizdagi futbol to'garagiga qatnardi. Akamga havas qilib, 2006 yildan boshlab 11 yoshimdan birinchi murabbiyim Same Egamberdiev qo'l ostida futbol sir-asrorlarini o'rganishni boshlaganman.

- Demak, katta futbolga kirib kelishingizga akangiz turtki bo'lgan, shundaymi?


- SHunday desa ham bo'ladi. Qolaversa, mamlakatimizning taniqli futbolchilaridan biri, hozirda Qizilqumda to'p surayotgan Ilhom Yunusov qo'shnimiz bo'lgani uchun doimo uning o'yinlariga havas qilganmiz. Futbolchi bo'lish orzusi bilan 2013 yilda Dinamo o'rinbosarlar jamoasiga qabul qilindim. Asosiy jamoadagi debyut o'yinim yodda qolarli bo'lgan, 2015 yilda O'zbekiston Kubogi bahsida Lokomotivga qarshi to'p surgandim. Bu yildan etiboran esa murabbiylarimiz asosiy etiborni yosh futbolchilarga qaratishgan.

- Dinamo - Mashal-2 (5:1) o'yinida xet-trik qayd etdingiz. Ushbu bahsni joriy yilgi eng yaxshi o'yin desa bo'ladimi?


- CHindan ham nafaqat mening, balki Dinamoning ham eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ldi. Jamoadoshlarimdan minnatdorman, ular qo'llab-quvvatlashmoqda. Gollarimdan birini yaqinda yana bir o'g'il farzandli bo'lgan jamoamiz sardori Akmal aka Bozorovga bag'ishladik. O'tgan o'yinlarda omadim yurishmagandi. Murabbiylarimiz xato va kamchiliklarimni tushuntirishdi. Ko'rsatmalar katta yordam berib, gollar urishga erishdim.

- Xet-trik evaziga 17 ta gol bilan Birinchi Liganing eng yaxshi to'purariga aylandingiz. Bungacha gollarni sanab borgan bo'lsangiz kerak?


- Ochig'ini aytsam, to'purarlar ro'yxatidan xabarim yo'q edi. Uchrashuvdan keyin 17 gol bilan to'purarga aylanganligimni aytishdi. O'yindan so'ng klubimiz sport direktori Rustam aka Istamovga sovg'aga tushganligini aytdim. Sababi, mavsum boshlanishi oldidan u kishi bilan 15 tadan ortiq gol ursam sovg'a berishiga bahs bog'lagandik (kuladi).

- Demak, mavsum boshidayoq to'purar bo'lishni maqsad qilgan ekansiz-da?

- O'shanda maqsadim Dinamoning asosiy tarkibidan o'rin olish edi. Gollar ura boshlaganimdan keyin birinchi davraning o'zidayoq 15 ta gol urishni istagandim, ammo 11 ta gol kirita olgandim. Ikkinchi davrada esa gollarim sonini 30 taga etkazishni maqsad qilganman.


- Muvaffaqiyatlaringizning asosiy sabablari sifatida kim yoki nimalarni ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Birinchi navbatda butun jamoamizni ko'rsatgan bo'lardim. Rahbariyat va Ilhom aka SHaripov boshchiligidagi murabbiylarimiz yaxshi jamoa tashkil etishgan. Dinamo bitta oilaga aylangan, desam ham bo'ladi. Murabbiylarimiz kabi har bir futbolchi bir-biriga yordamini ayamaydi. Yosh futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berilayapti. Mashg'ulotlarda yaxshi ishlab, g'alabalarga erishayapmiz. Bir so'z bilan aytganda jamoadagi muhit ajoyib.

- Alisher Xoliqov va Viktor Klishin singari tajribali hujumchilar bilan raqobatlashish oson emasdir?


- Men ulardan juda ko'p narsalar o'rganayapman. Alisher Xoliqov Oliy Liganing eng yaxshi to'purari, Viktor Klishin esa Birinchi Ligada mana shunday nomga sazovor bo'lgan. Har ikkilari ham mashg'ulotlar va o'yin davomida doimo yordam berib, o'z maslahatlarini ayashmaydi.

- Yana 10 ta o'yindan keyin Birinchi Liga yakuniga etadi. Dinamo peshqadam sifatida, raqiblaridan 5 ochko oldinda va zaxirasida qoldirilgan ikkita o'yin bor. Jamoani amalda Oliy Ligaga qaytdi, deyish mumkinmi?


- Bunday deyishga hali barvaqt deb o'ylayman. CHunki, asosiy raqobatchilarimiz ham bizni taqib etishmoqda. Qolaversa, besh ochko katta farq emas. G'alabali seriyamiz 20 ta o'yinga etgan bo'lsada, buyog'iga ham har o'yinda faqat va faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushsakgina, asosiy maqsadimizga etishishimiz mumkin. Buni murabbiylarimiz doimo uqtirishmoqda.

- Dinamo rasmiy saytidagi so'rovnomaga ko'ra, samarqandlik muxlislar sizni Yilning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Buni kutganmidingiz?


- Ochig'i, bir yilning o'zidayoq Dinamo safida Birinchi Liganing eng yaxshi to'purari va jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishimni kutmagandim. Bundan juda xursand bo'ldim. Mavsum yakunigacha yana gollar urib, to'purar bo'lishga harakat qilaman. Muxlislar ishonchini oqlashga intilaman.

- Eng asosiy maqsad va orzularingiz?

- Asosiy vazifamiz Dinamo bilan Oliy Ligaga chiqish, to'purarlik esa ikkinchi maqsad. Murabbiylarimiz o'z ustimda ishlab, o'sishdan to'xtamasligimni uqtirishmoqda. Xato va kamchiliklarim ustida ishlab, keyingi yil nasib qilsa, Oliy Ligada ham yaxshi o'yin namoyish etmoqchiman. Eng katta orzuim esa, har bir o'zbekistonlik yosh futbolchi singari O'zbekiston terma jamoasida to'p surishdir.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

 

Malumotnoma:
Amirjon Safarov
Tug'ilgan canasi va joyi:

1995 yil, 18 fevral Samarqand shahri.
Oilasi: Ota-onasi, ikki akasi va opasidan keyingi kenja farzand.
Birinchi murabbiyi: Same Egamberdiev
Sevimli futbolchisi: Krishtianu Ronaldu
Sevimli klubi: Real Madrid.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика