Amir G'alinoi: "O'zbekiston o'sishga erishdi. Bizga charchoq tasir o'tkazdi"
12 iyu 01:33
Yangiliklar
Amir G'alinoi: "O'zbekiston o'sishga erishdi. Bizga charchoq tasir o'tkazdi"
"So'nggi soniyalarga qadar qo'llab-quvvatlagani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. SHogirdlarimga ham alohida rahmat aytmoqchiman. Gonkongga qiyin sharoitda 20 soatlik parvoz amalga oshirdi, bu ko'pchillikka o'z tasirini o'tkazdi. Qolaversa, chempionat yakuniga etib, ko'pchilik tatilga chiqqandi. SHunga qaramay, har ikki o'yinda bor kuchini namoyish etgan futbolchilarga tashakkur izhor qilaman. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynay olmadik, bunga charchoq sabab bo'lishi mumkin. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatlarni golga aylantira olmadik.
Biz yaxshi o'ynadik, biroq keyingi bosqichda bundan yaxshiroq o'yin namoyish etishimiz kerak. O'zbekistonni so'nggi yillarda futbolga yaxshi sarmoya kiritib, salmoqli natijalarga erishayotganini aytib o'tish joiz. O'zbekiston o'sishga erishdi. Eronda to'p tepayotgan ikki nafar futbolchi chempion va vice-chempionga aylandi", — dedi eronlik mutaxassis.
Fikrlar