Amerika Kubogi oldidan Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi almashishi mumkin
07 iyu 2021 21:20
Yangiliklar
Amerika Kubogi oldidan Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi almashishi mumkin
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite yaqinlashib kelayotgan Amerika kubogini boykot qilish munosabati bilan o'z lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda Globo Esporte xabar berdi.
Manbaning takidlashicha, bo'lajak musobaqada milliy terma jamoani hukumat poziciyasini qo'llab-quvvatlovchi Renato Gaucho boshqarishi mumkin.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo'lajak musobaqada ishtirok etmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Jamoa Amerika Kubogi mezbonligining Argentina va Kolumbiyadan Braziliyaga shoshilinch ravishda o'tkazilishidan norozi.
Eslatib o'tamiz, turnir 12 iyundan 12 iyulgacha bo'lib o'tadi.
Fikrlar