Amerika kubogi-2021. Argentina yarim finalda, Messidan gol va ikkita golli uzatma
04 iyu 2021 08:26
Yangiliklar
Amerika kubogi-2021. Argentina yarim finalda, Messidan gol va ikkita golli uzatma
Braziliyadiga “Olimpiko Pedro Ludoviko” stadionida kechgan bellashuvning 40-daqiqasida Rodrigo de Paul hisobni ochgan bo'lsa, 84-daqiqada Lautaro Martines oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Etiborli tomoni har ikkala kiritilgan golga argentinaliklar etakchisi Lionel Messi assistentlik qildi. Bellashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida Messining o'zi ham gol kiritib, o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi-3:0.
SHu tariqa Argentina terma jamoasi musobaqa yarim finaliga yo'l oldi. Ushbu bosqichga Messi jamoadoshlari Kolumbiya termasiga qarshi bahs yuritishadi. Bellashuv 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.
Argentina Rodrigo De Paul - 40', Lautaro Martinez - 84', Lionel Messi - 90' |
Copa America Final Stage . 1/4-tur 04/07/2021, 07:00 0
:
3
Tugadi
|
Ecuador |
Stadion: Estadio Olimpico Pedro Ludovico, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Wilton Sampaio
Fikrlar