So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  3 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  29 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

Amerika futbolini qayta tiklagan Devid Bekxem 44 yoshda! Yangiliklar

Amerika futbolini qayta tiklagan Devid Bekxem 44 yoshda!

Teglar :  Bekxem
Bekxem - MLS uchun o'ta muhim insonlardan biriga aylana oldi va AQSH futboli tarixiga o'z nomini yozdirib qo'ydi.

U AQSHning futbolga bo'lgan qiziqishini yana qaytardi va ligani yirik biznes-imperiyaga aylantira oldi. Devid Bekxem bugun 44 yoshni qarshiladi. SHu munosabat bilan, u futbolchilik va biznes sohasidagi yutuqlarini yodga olib, yolg'iz o'zi bu natijaga qanday erishgani haqida suhbatlashamiz.

“Sendan ketaman!" 

U AQSHga katta janjal, shon-sharaf va biroz xasad bilan uchib keldi. 2007 yil 32 yoshli Bekxem dunyoning eng boy va taniqli klubi — “Real”da to'p tepayotganiga 5 yil bo'lgandi. Raul, Zidan, Guti, Kasilyas, Roberto Karlos, Figu, Ronaldodan tarkib topgan jamoa futbol tarixidagi eng kuchli va ajoyib top klubligini hech kim inkor etmaydi. Biroq ular milliy chempionatda bor yo'g'i ikki marotaba zafar quchishgan. Hattoki, ikkinchi g'alabada Zidan, Ronaldo va Figu tarkibda yo'q edi. O'sha mavsumda Bekxemdan omad yuz o'girdi: terma jamoa sardorlik bog'ichisiz qoldi, “Real”ning yangi bosh murabbiyi Fabio Kapello bilan janjallashib, ancha vaqtgacha zaxira o'rindig'ida o'tirdi.

Eng yomoni esa klub sport direktori Predrag Miyatovich futbolchi bilan gaplashmasdan chempionat yakunlanguncha Bekxem “Qirollik klubi”dan ketishi haqida bayonot berdi. Angliyalik bundan jahli chiqib, MLS klubi bilan besh yillik shartnoma imzolayotganini malum qildi. “Real” esa bu ishdan achchiqlanib, uni rezervga yubordi va “nima qilsang qil, qaerga borsang bor. Sen endi boshqa klub o'yinchisisan”, — dedi. Ammo bu uzoqqa cho'zilmadi. “Real” tinimsiz ravishda ochko yo'qotib boraverdi. Klubning Raul va Kasilyas kabi etakchi o'yinchilari esa bu axmoqona kelishmovchilikdan norozi edilar. SHundan so'ng, Bekxem qaytishiga to'g'ri keldi.

Kumir va "Iuda". Bekxem – futbolchi

Bekxem MLSda o'zgacha va aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatolmadi. U yolg'iz o'zi jamoani na yuqori cho'qqiga olib chiqdi, na ularni chempion qildi. U endi yosh yigit emasdi. Maydonga ham kam tushardi. U 5 yil davomida yuzdan ortiq bahsda ishtirok etgani bilan, asosan zaxirada o'tirdi. Ammo Bekxem MLSning ananalarini o'zgartirib yubordi. Yani, hozir ularning futboli qanday bo'lsa, buning bari uning sharofati bilan bo'ldi. Uchrashuvlarda bo'ladigan anshlag butun dunyo bo'ylab efirga uzatiladigan bo'ldi va afsonaviy futbolchilar Pirlo va Kaka transferlari kabi yangiliklar muntazam ravishda berib borildi.

Bekxem tufayli MLS o'zining qonun-qoidalarini qayta ko'rib chiqdi va eng yuqori ish haqiga o'zgartirishlar kiritdi. 2007 yildan beri klub belgilangan maksimal miqdordan maoshi ko'proq bo'lgan ikki futbolchini ro'yxatga kiritishi mumkin. Amerika ligasi shunday qilib nafaqaga chiqishiga oz qolgan futbolchilarning “dam olish uyi”ga aylandi. Beks amerikaliklarga futbol orqali pul topishni o'rgatdi. Gollivud yulduzlari ham Amerika futboli bilan qiziqib qoldi. “Gelaksi” o'yinida Jastin Timberleyk, Kemeron Dias, Keti Perri va boshqa mashhurlar ham paydo bo'la boshladi. Kumirlari sababli futbol tomosha qilish uchun oddiy insonlar ham kela boshladi. Futbol “kasalligi” urchiy boshladi.


Biznes ham gullab yashnadi, lekin Beks u erda qolmadi. U terma jamoa tarkibida o'ynashni xohlar, MLS uning darajasidagi joy emasligini tushunib etgandi. Bosh murabbiyning ko'ziga ko'rinish uchun, Bekxem Evropada to'p tepishi kerak edi. U ikki marotaba 2009 va 2010 yillarda “Milan”ga ijaraga keldi. Italiya klubining o'yinlari tufayli angliyalik mavsumning yarmida MLS bahslarida ishtirok etolmadi. U qaytganidan keyin ham o'zini ehtiyot qilib maydonga tushar va behudaga kuch sarflamas edi. Bu esa amerikaliklarga yoqmasdi. Ko'pchilik futbol ishqibozlari aynan Bekxem borligi uchun “Gelaksi”ga muxlislik qilishardi. SHu sababli, ular yarim himoyachining bu harakatlaridan juda ham achchiqlanishdi. O'sha payt fan-klub etakchisi Mett Simanski keskin izoh yozgandi: “U bizga xiyonat qildi. Ana uy bekalari va o'smirlar unga muxlislik qilaversinlar. Haqiqiy muxlis uchun u — Iuda!” Bekxem esa bu safar ranjimadi.

Muxlislik nafrati — vaqtinchalik bo'ladi. 2011 yilda Bekxem bor etiborini MLSga qaratdi hamda jamoa ikki martta kubokni qo'lga kiritishida katta yordam berdi. SHundan keyin uni yana yaxshi ko'ra boshlashdi, klublar ham unga qiziqish bildirdi. Lekin u endi 38 yosh edi. SHu sababli, u PSJning 10ta uchrashuvida ishtirok etib, faoliyatini yakunladi. Biroq MLS bilan xayrlashmadi.

“Hech kim yashash oson deb aytmagan”. Bekxem — menedjer

Iqtidorli inson doim iqtidorli bo'lib qoladi. Lekin afsonaviy o'yinchilar ham bazida engiladi. Bekxem kelajagi haqida 2007 yildayoq o'ylay boshlagandi. O'shanda uning liga bilan imzolangan shartnomasidagi talablardan biri klub ochish haqida edi. Hozirgi kunda MLSda jamoa ochish uchun 100-150 million dollar sarflash kerak. Bekxem buni bor yo'g'i 25 mln evro evaziga qilishi mumkin. SHuning uchun faoliyatini yakunlaganidan so'ng, angliyalik Mayamida yangi “Galaktikos”ni tashkil etmoqchiligini aytgandi. Lekin hammasi rejadagidek ketmadi.

Bekxem va uning hamkasblari advokat tanlashda adashdilar. Jon Alshuler bilan “Nyu-York Siti”dagi shayxlar bir necha yildan beri stadionni qurib bitira olmagandi. Bekxem ham kelib-kelib o'sha advokatga duch keldi va qog'ozbozlikka ko'milib ketdi. Stadion qurish uchun joyni hal etishdagi muammolar, ishchilarning norozilik namoyishi va boshqalar Beksning asabini yana bir bor sinovdan o'tkazdi. Natijada stadion qurish uchun mo'ljallangan joyni uch marataba o'zgartirishdi va rejada yo'q ortiqcha katta chiqim bilan qurilishni boshlashdi.

“Hammasi chalkashib ketdi va bizni charchatdi. Lekin hech kim oson bo'ladi deb vada bermagan”, — degandi Bekxem 2015 yilda. Uning jamoasi MLSda bo'lishi kerak edi. Lekin u haligacha tayyormas. Endi barchasi nafaqat Devid va investorlarga, balki liga rahbarlariga ham yoqmayotgandi. Qachon va qachongacha dedlayn belgilangani aytish mushkul vazifa, lekin o'sha dedlayn borligini aniq. Bu haqida liga komissari Don Garber “Daily Mail”ga bergan intervyusida aytib o'tgandi.

Vaqt borgan sari kam qolardi, Mayamida esa raqib paydo bo'ldi. NASLda (MLSdan bir pog'ona pasdagi liga) Paolo Maldini o'z jamoasiga ega bo'ldi. To'g'ri, "Mayami" o'zini PR qilishi uchun taniqli o'yinchilari ham, million-million pullari ham yo'q edi. Lekin birinchi mavsumdayoq jamoa futbolchilar to'play oldi va chempionatni kutilganidan yaxshiroq o'tkazdi. Bosh murabbiy esa — Alessandro Nesta edi. Paolo Maldini hamkori bilan Beks 3 yildan beri bitira olmayotgan ishni, olti oyda amalga oshirdi. Bekxem nima bilan shug'ullanmasin barchasida katta yutuqlarga erishdi. Futbolchilik faoliyatida ham u jamoalari o'yinini ajoyib paslari bilan boshqarib turardi, ammo butun boshli klubni boshqarish ingliz yulduziga qiyinlik qilmoqda. 

Atir, spirtli ichimliklar va ichki kiyim. Bekxem – biznesmen

Bekxemning klub borasidagi rejalari balki hech qachon amalga oshmas. CHunki uning oyligi va reklamadan topadigan puli sababli bir narsa deyish qiyin.  Angliyalik yil davomida tahminan 60 million evro topadi. Bu faoliyatini yakunlagan futbolchilar orasida eng yuqori maoshdir. Beksning rasmiy sayti uning suratlari jamlangan ajoyib slayd-shou orqali ochiladi. Va ularning faqat beshinchisida futbol formasida tushgan. Bekxem hech qachon “sobiq futbolchi” bo'lmagan. Ko'plab sportchilar faoliyatini yakunlab, biznes, televidenie yoki siyosatga o'tib ketadi. Lekin ularni baribir sobiq o'yinchi sifatida yodga olamiz. Bekxemda esa aksincha.

Devid va turmush o'rtog'i “H&M” bilan hamkorlikda shartnoma tuzgan hamda atir ishlab chiqargan. Bundan tashqari, u “David Beckham Bodywear” nomi ostida ichki kiyim sotishni ham yo'lga qo'ygan. 3 yil avval Bekxem o'zining viski brendini yo'lga qo'ydi. U Yaponiya kazinosi hamda nemis “Adidas”i bilan hamkorlikda ish yuritadi. Bundan tashqari, kino va reklamalarda suratga tushadi.

Balki bularning haqiqiy sport bilan bog'liq joyi yo'q dersiz. Ammo aynan Bekxem boshqa futbolchilarga mashhur inson, bu yo'lda rivojlanish usulinining yorqin namoyondasi bo'la oldi. Qaxramonimiz omma etiboridagi odam atrofiga, o'ziga hayrihox audiyatoriyani to'ylay olib, u bilan birga o'zgarib, ularning qiziqishlari va extiyojlarini o'z daromad manbaiga aylantira oldi. Bu jihatdan Bekxem nafaqat MLSni, balki futbol dunyosini o'zgartirdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика