Alvaro Morata: "Ispaniya Franciya yoki Germaniyadan kuchsiz deb o'ylamayman"
26 iyu 2021 08:55
Yangiliklar
Alvaro Morata: "Ispaniya Franciya yoki Germaniyadan kuchsiz deb o'ylamayman"
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Xorvatiyaga qarshi 1/8 final o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"15 yoshimdan buyon mana shunday darajada o'ynashni orzu qilgandim. Bu ajoyib. Xorvatiya terma jamoasida mahoratli futbolchilar ko'p. U erda Brozovich, Modrich va Kovachich o'ynaydi. Kurashlar ko'p bo'ladi. Barchamiz maydonda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.
Biz Franciya yoki Germaniyadan kuchsizmiz deb o'ylamayman. Hali kuchaytirishimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Ammo biz kimdandir kuchli yoki kuchsizligimizni muhokama qilishdan mano yo'q. Kuchimiz - jamoaviylikda. Ular bizga ko'p hujum qilishga imkon berishmaydi", - dedi Morata.
Fikrlar