

"15 yoshimdan buyon mana shunday darajada o'ynashni orzu qilgandim. Bu ajoyib. Xorvatiya terma jamoasida mahoratli futbolchilar ko'p. U yerda Brozovich, Modrich va Kovachich o'ynaydi. Kurashlar ko'p bo'ladi. Barchamiz maydonda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.
Biz Fransiya yoki Germaniyadan kuchsizmiz deb o'ylamayman. Hali kuchaytirishimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Ammo biz kimdandir kuchli yoki kuchsizligimizni muhokama qilishdan mano yo'q. Kuchimiz - jamoaviylikda. Ular bizga ko'p hujum qilishga imkon berishmaydi", - dedi Morata.



