So’nggi yangiliklar

19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  20 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  2 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  1 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  7

Alohida terma jamoa Yangiliklar

Alohida terma jamoa

Xokkey bo'yicha jahon kubogida Evropa va SHimoliy Amerikaning 23 yoshgacha bo'lgan sportchilardan tuzilgan termalari qatnashdilar.

Xo'sh, shuni futbolga tatbiq etib, etibordan chetda qolayotganlardan alohida jamoa tuzilsa, qanday bo'larkin? Albatta, bu tarkibdan o'rin egallaydiganlarning har qanday drim-timga etarlicha qarshilik ko'rsatishlarini taxmin qilish qiyin emas. Keling, hozir ushbu ro'yxatdan kimlar o'rin olishi mumkinligiga etibor qaratsak.

Darvozabon

Ederson Moraes, Braziliya


Braziliyada yuqori darajadagi kiperlarni topish qiyin, qolaversa, Edersonni ham shundaylar qatoriga kiritishga hali erta. Ammo ushbu darvozabon Benfika safida mamlakat chempionatida 10ta o'yin o'tkazib, o'zining eng yaxshi xislatlarini namoyish etishga ulgurdi. Hattoki, Moraesga Manchester Siti qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi, biroq u hozircha bunga tayyor emas. Keling, Edersonga ortiqcha baho berib yubormaylik, zero Evropa tashqarisidan kelgan yosh darvozabonlar doim ham muvaffaqiyatga erishavermaydilar.

Himoyachilar

Xose Ximenes, Urugvay


Janubiy Amerika chiroyli o'yin tarafdori, shu bois bu qita kuchli himoyachilardan ko'ra, elit darajadagi forvardlarni etishtirish borasida etakchilik qiladi. Lekin Atletikoning mustahkam mudofaasiga nazar tashlasak, bu fikr o'zini oqlamasligi mumkin. Garchi Diego Godin faxriylar qatoriga qo'shilayotgan bo'lsada, Ximenes uchun katta futbol yo'li endi boshlanmoqda. Hozirga kelib, ushbu futbolchi o'zining kuchli jihatlarini namoyon etishga ulgurdi. Madridliklarning kam gol o'tkazib yuborishayotganida Xosening ham hissasi katta, albatta.

Markinos, Braziliya

Yaqinda PSJda braziliyaliklar - Tiago Silva, David Luis va Markinosdan iborat mustahkam himoya qo'rg'oni barpo etildi. Albatta, ushbu uchlikning eng yosh vakili ko'pincha qanotda harakat qilishga majbur bo'layotgandi. Biroq Luis CHelsiga qaytgach, hammasi o'z iziga tushdi: endilikda Markinos o'z joyiga qaytib, Romadagi o'yinlarining kuchaytirilgan variantini namoyish etish imkoniyatiga ega.

Erik Bayi, Kot-d~Ivuar

Ushbu futbolchi Manchester Yunaytedga o'tgach, uning grand jamoada o'ynashga tayyor emasligi haqida ko'p gapirildi. Zero, Bayi Vilyarrealda ham endigina asosiy tarkibga o'rnashib, atigi bir mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olgandi, xolos. Biroq Erik qizil iblislar safidagi ilk o'yinlaridayoq barcha shubhalar asossiz ekani, yangi chorlovlarga hamisha tayyor turishini isbotladi. U juda sovuqqon, bu esa, jahonning eng kuchli ligalaridan birida to'p suradigan himoyachi uchun juda muhim.

Yarim himoyachilar

Fabino, Braziliya


Tayanch chizig'i vakilining penaltilarni xotirjam ijro etishini har doim ham ko'ravermaymiz. Ammo yosh braziliyalik Monakoda bu ishni qoyilmaqom tarzda uddalaydi: ushbu xususiyati evaziga Franciya chempionatida 10ta gol urishga ulgurdi. Yakkakurashlarda ko'pincha g'olib chiqishi esa, Fabinoning mahorati yanada o'sayotganidan dalolat. Monakoliklar joriy mavsum yutuqlarga erishishlari mumkin va bu borada ularga etakchi futbolchilaridan birining ko'p foydasi tegishi, shubhasiz.

Gabriel Barbosa, Braziliya

Interning yangi yulduzini forvardlar qatoriga qo'shishimiz ham mumkin edi, biroq oldingi chiziqdagi raqobat kuchliligini inobatga olib, Gabigolni yarim himoyaga joylashtirdik. Santosda chiniqqan futbolchi hozir Evropani zabt etish taraddudida. Ehtimol, Barbosaning sermahsulligi u qadar yorqin emasdir, golli uzatmalar borasida ham maqtashga arzigulik natijalarga erishmagandir. Ammo uning endigina 20 yoshni qarshilagani mazkur holatdan fojia yasamaslikka undaydi.

Felipe Anderson, Braziliya

Joriy yil Olimpiada chempioniga aylangan yarim himoyachi Evropani lol qoldirish bilan birga, ranjitishga ham ulgurdi. Anderson 2014|2015 yillar mavsumini ajoyib o'tkazdi: gollar urdi, sheriklarini qo­yilmaqom uzatmalar bilan taminladi, Lacio etakchilaridan biriga aylanib, tez orada top-klubga ketadigandek tasavvur uyg'otdi. Lekin yangi mavsumda hozircha uning ishlari yurishmayapti, avvalgi barqarorlikka qaytishga qiynalmoqda.

Ahmad Muso, Nigeriya


Rossiya chempionatidagi yorqin o'yinlari orqali Angliya chempionatidan taklif olgan futbolchi o'zining tezkorligi va hamisha darvozaga xavf solishi bilan dong taratdi. Agar Musoning oldida ochiq zona paydo bo'lsa, deyarli gol urdi deb hisoblayvering. APLning so'nggi turlarida raqib darvozasini ishg'ol qilayotgani tumanli o'lkaga asta-sekin moslashayotganidan dalolat.

Hujumchilar

Paulo Dibala, Argentina


Palermoda omadli mavsumini o'tkazgan Dibalaning Yuventusda muvaffaqiyatga erishishi shubha ostiga olingandi. Biroq sermahsullik bobida ishonch­ni oqladi: gol}pas tizimida 30 ochko to'pladi, jahonning badavlat klublari etiborini tortdi, yosh bo'lishiga qaramay, buyuk Keksa sinora etakchilaridan biriga aylandi. To'pning qaerga borishini oldindan payqaydi, ajoyib zarbaga ega, texnikasi yuqori, xullas, kelajakda sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanish uchun hamma narsa etarli.

Mauro Ikardi, Argentina

Murakkab fel-atvor va yuksak iqtidorga ega yana bir argentinalik. Dibala serqirra o'yinchi, ammo haqiqiy snayperga ehtiyoj tug'ilsa, Mauroga murojaat etavering. Gol sezish qobiliyati Ikardiga A seriyaning so'nggi to'rt mavsumida 57ta gol urish imkoniyatini taqdim etdi. Joriy chempionatda esa argentinalik hujumchining haqiqiy yulduzga aylanishi ehtimoli yuqori: 5 o'yinda raqiblar darvozasini 6 marta ishg'ol qildi.

Gabriel Jezus, Braziliya

Tez orada Manchester Siti tarkibi braziliyalik yigitcha hisobiga kuchaytirilishi mumkin. Uning Rio Olimpiadasidagi o'yinlari ko'pchilikka maqul keldi. Jezus endigina 19 yoshni qarshiladi, biroq o'z yurtida to'purarlik salohiyatini namoyish etishga ulgurdi. Endi evropalik mutaxassislar tomonidan berilayotgan yuqori bahoni oqlash qoldi, xolos. Umuman, Gabriel o'z iqtidoridan unumli foydalanib, o'sishga erishsa, jahonning har qanday klubida o'ynab ketishi, shubhasiz.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика