Allofs: "Yung Germaniya terma jamoasining o'ng qanot himoyachisi bo'lishi mumkin"
14 noy 2014 13:44
Yangiliklar


Allofs: "Yung Germaniya terma jamoasining o'ng qanot himoyachisi bo'lishi mumkin"
"Volfsburg" sport direktori Klaus Allofsning hisoblashicha, jamoa himoyachisi Sebastyan Yung Germaniya terma jamoasida muvaffaqiyatli o'ynay olishi mumkin.
"Yung terma jamoada o'ynashiga to'liq ishonaman. Buning uchun u hozirgi darajasida o'ynashda davom etishi kerak. Ammo barcha narsa faqat unga emas, balki "Volfsburg" natijalariga ham bog'liq" - deydi Allofs.

Fikrlar