Allegri Top-5 tarixida birinchi

Tolibjon Qosimov
14 may 2018, 19:39
Italiya A Seriyasida 37-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turinning "Yuventus" klubi "Roma" bilan safarda durang qayd etgan (0:0) bo'lsada, muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qildi. Shu tariqa, "keksa sinoralar" ketma-ket ettinchi bor bosh sovrinni o'zlariniki qilishdi. Bu esa A Seriya rekordi hisoblanadi.

O'z navbatida, turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Yevropa Top-5 chempionatlari tarixida ketma-ket 4 bor oltin dubl (Chempionat+kubok g'olibligi) qayd etgan birinchi murabbiy bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Allegri "Yuventus" boshqaruviga 2014 yilda kelgan va o'shandan buyon har yili ham chempionat, ham kubokni o'ziniki qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Opta