Allegri: "Teves "Parma"ga qarshi o'yinga tayyor, Pirlo esa "Monako" bilan uchrashuvgacha jarohatdan qutiladi"
10 apr 2015 18:16
Yangiliklar


Allegri: "Teves "Parma"ga qarshi o'yinga tayyor, Pirlo esa "Monako" bilan uchrashuvgacha jarohatdan qutiladi"
"Parma"ga qarshi A Seriya 30-tur uchrashuvlaridan oldin "Yuventus" bosh murabbiy Massimiliano Allegri jamoadagi jarohatlanganlar haqida so'zladi.
"Tevesning ahvoli joyida va u ertaga maydonga tushishi mumkin. Pirloga keladigan bo'lsak, u davolanishda davom etyapti va "Parma"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi, ammo seshanba kuni o'ynay oladi deb o'ylayman" - deydi Allegri.

Fikrlar