So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Allegri "Sassuolo"dan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi Yangiliklar

Allegri "Sassuolo"dan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Sassuolo"dan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi.

"Bu mavsumdagi ilk mag'lubiyatimiz, bundan hulosalar chiqarish kerak. Bu o'yinga qadar ham fenomenal darajada emasdik va undan battar ham bo'lib ketmadik. O'yin startidan oldin biz osmonlarda parvoz qilayotgandek bo'ldik, barchasi yaxshi edi. Biroq oddiy bo'lmagan holatlardan hulosalar chiqarmagandik. SHundan keyin raqibning ilk zarbasi gol bilan yakunlandi, o'zimizni boshqarishni yo'qotdik va raqibga singib ketdik.

Bu erda birinchi kun ishlamayapman va jamoalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilaman. So'nggi kunlarda jamoada ogohlik qo'ng'irog'iga hech qanday reakciya bo'lmayotganini ko'ryapman. Ammo ko'ngilni tushirish kerak emas, oldinda o'yinlar, muhim bahslar ko'p. Ularda faqatgina 3 ochko uchun o'ynash kerak.

Bu o'yinda bizga mentalitet etishmadi. Biz hali ham butun o'yin davomida koncentraciyani ushlab qola olmayapmiz. Qachonki to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga olib kirganimizda vahimaga tushib qolayotgandek ko'rinyapmiz.  "Lacio"ga qarshi o'yinda bunday bo'lmagandi. Demak, bu holatdan qoniqmadim", - dedi mutaxassis.

"Yuventus" navbatdagi uchrashuvini 26 sentyabr kuni "Lechche"ga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика