Allegri "Sassuolo"dan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi

Mirjalol Normatov
24 sen 2023
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Sassuolo"dan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi.

"Bu mavsumdagi ilk mag'lubiyatimiz, bundan hulosalar chiqarish kerak. Bu o'yinga qadar ham fenomenal darajada emasdik va undan battar ham bo'lib kyetmadik. O'yin startidan oldin biz osmonlarda parvoz qilayotgandek bo'ldik, barchasi yaxshi edi. Biroq oddiy bo'lmagan holatlardan hulosalar chiqarmagandik. Shundan keyin raqibning ilk zarbasi gol bilan yakunlandi, o'zimizni boshqarishni yo'qotdik va raqibga singib ketdik.

Bu erda birinchi kun ishlamayapman va jamoalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilaman. So'nggi kunlarda jamoada ogohlik qo'ng'irog'iga hech qanday reakciya bo'lmayotganini ko'ryapman. Ammo ko'ngilni tushirish kerak emas, oldinda o'yinlar, muhim bahslar ko'p. Ularda faqatgina 3 ochko uchun o'ynash kerak.

Bu o'yinda bizga mentalitet yetishmadi. Biz hali ham butun o'yin davomida koncentraciyani ushlab qola olmayapmiz. Qachonki to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga olib kirganimizda vahimaga tushib qolayotgandek ko'rinyapmiz.  "Lacio"ga qarshi o'yinda bunday bo'lmagandi. Demak, bu holatdan qoniqmadim", - dedi mutaxassis.

"Yuventus" navbatdagi uchrashuvini 26 sentyabr kuni "Lechche"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia