Allegri Ronalduning transferi borasida nimalar dedi?
12 iyu 2018 00:31
Yangiliklar
Allegri Ronalduning transferi borasida nimalar dedi?
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaga endigina transfer qilingan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Bu "Yuventus" oldinga katta qadam tashlashi uchun yaxshi yurish bo'ldi.
Bizni boshqa jamoalar kabi muhim mavsum kutib turibdi va unda o'z maqsadlarimizga erishishimiz kerak.
Ronaldu juda ham xursand ekanligini yaxshi bilaman. U futbolda barcha yutuqlarga erishib bo'lgan, professional, jamoamizga aynan kerakli futbolchi.
Klub prezidentlari faqatgina "Yuventus" emas, balki, Italiya futboli uchun kerakli ishni amalga oshirdi. U qanday o'ynaydi: har doimgidek, gollar kiritaveradi.
Men uchun har bir mavsum alohida cikl bilan boshlanmoqda. CHunki so'nggi to'rt yilda "Yuventus"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Bu vaqt mobaynida transferlar oynasida ajoyib ishlarni amalga oshirdik", - dedi Allegri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar