Allegri Ronalduning transferi borasida nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
12 iyul 2018, 00:31
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaga endigina transfer qilingan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Bu "Yuventus" oldinga katta qadam tashlashi uchun yaxshi yurish bo'ldi.

Bizni boshqa jamoalar kabi muhim mavsum kutib turibdi va unda o'z maqsadlarimizga erishishimiz kerak.

Ronaldu juda ham xursand ekanligini yaxshi bilaman. U futbolda barcha yutuqlarga erishib bo'lgan, professional, jamoamizga aynan kerakli futbolchi.

Klub prezidentlari faqatgina "Yuventus" emas, balki, Italiya futboli uchun kerakli ishni amalga oshirdi. U qanday o'ynaydi: har doimgidek, gollar kiritaveradi.

Men uchun har bir mavsum alohida cikl bilan boshlanmoqda. Chunki so'nggi to'rt yilda "Yuventus"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Bu vaqt mobaynida transferlar oynasida ajoyib ishlarni amalga oshirdik", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia