Allegri: "Ronaldu "Napoli" bilan o'ynashi mumkin"
02 mar 2019 17:12
Yangiliklar


Allegri: "Ronaldu "Napoli" bilan o'ynashi mumkin"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Napoli"ga qarshi bo'lib o'tadigan A Seriyaning 26-tur o'yini haqida fikr bildirdi va hujumchi Krishtianu Ronaldu holati borasida malumot berdi.
"Bu bahs ikkala jamoa uchun muhim. Biz nimaga qodirligimizni ko'rsatishimiz lozim. Bu kecha Italiya futboli uchun katta ahamiyatga ega. Jadval cho'qqisida qolish uchun jamoadek harakat qilish lozim. Ronaldu haqida to'xtaladigan bo'lsak, u jamoa bilan shug'ullandi va "Napoli" bilan o'ynashi mumkin" - deydi Allegri.
"Napoli" hamda "Yuventus" o'rtasidagi bahs 3 mart kuni "San-Paolo" maydonida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar