Allegri qaytishga tayyor, u o'ziga klub izlayapti
06 iyu 2020 20:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579324_original.jpg)
![](/upload/storage/579324_220.jpg)
Allegri qaytishga tayyor, u o'ziga klub izlayapti
Turinning "Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimilyano Allegri murabbiylik faoliyatini tiklashga tayyorligini aytdi.
"Men dam oldim, quvvat to'plashga ulgurdim. Hozir oilam bilan Livornoda qolyapman. Qaerda bo'lishidan qati nazar, o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan klubni qidiryapman. Men raqobat va g'alabalarni xohlayman. Ispaniya chempionati? Hech kim rad qilmadi", - dedi italiyalik mutaxassis Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Allegrining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va PSJ klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar