So’nggi yangiliklar

10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога ҳимоячи сотиб олади  3 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  1 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  5 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  6 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  17 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  23 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  3 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  6

Allegri "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsni nazorat o'yiniga qiyosladi - matbuot anjumani Yangiliklar

Allegri "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsni nazorat o'yiniga qiyosladi - matbuot anjumani

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidagi matbuot anjumanida bildirgan fikrlarini etiboringizga taqdim etamiz.

- "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinni mavsumning eng muhim bellashuviga qiyoslasa bo'ladimi?
- Oldimizda yanada muhim oy turibdi. FIFA kunlaridan keyingi yangi ciklni juda yaxshi boshlay olmadik. Ertadan (bugun - tahririyat) boshlab ECHL yana qaytadi. G'alaba juda muhim. CHunki yutuq guruhdan chiqish masalasini deyarli hal etadi. Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, ular jismoniy jihatdan juda kuchli jamoa. Biz ularga qarshi texnik jihatdan kuchliroq o'ynashimiz lozim.

- Tarkibdagi yo'qotishlar, o'zgarishlar taktik sxemani o'zgartirishga majbur qiladimi? Jamoa yana 3 himoyachili sxemaga qaytadimi?
- Manjukich jarohat olmaganida ham bu o'yinda ishtirok etmasdi. Ammo baribir uning yo'qligi kishini ranjitadi. Xedira va Emre Jan ham shular jumlasidan. Qo'l ostimda ayni paytda 17 futbolchi mavjud. Tarkib tanlashda juda diqqatni jamlash kerak bo'ladi. CHunki raqib havodagi kurashlarda ancha kuchli. Tarkib yoki taktika tanlashda aynan shu jihatni ham inobatga olishimizga to'g'ri keladi.

- Pogbadan nima kutyapsiz?
- "Manchester Yunayted"da Pogbadan ham boshqa yulduzlar ko'p. "Yunayted" faqat Poldan iborat emas. Biz mazkur o'yinda yosh iqtidorli Marsyal, Pogba, Reshford singari futbolchilarga qarshi o'ynaymiz. Bizda ham bunday iqtidorlar ko'p: Dibala, Bernardeski, Kanselu, Bentankur. Hozir sanab o'tganlarimning ko'pchiligi futbol kelajagi. "Manchester Yunayted" bilan o'yin biz uchun yaxshigina testga aylanadi. Bu nafaqat jamoaviy bahs, balki individual jihatdan ham yaxshi qarama-qarshilik bo'ladi. Ajoyib stadion, iliq muhitda o'ynash biz uchun yaxshigina tekshiruv vazifasini o'tab beradi.

- "Yunayted" APLda 10-o'rinda. Ular eng yaxshi samarador futbol ko'rsatishmoqda, degan fikrga qo'shilasizmi?
- "Manchester Yunayted" futbolchilari ko'proq  texnikaga asoslangan. Tezkor va jismoniy jihatdan ancha baquvvat. Har qanday holatda ham "Yunayted" g'alaba qozonishni istaydigan jamoa. Murabbiyi ham ancha tajribali mutaxassis. Biz mazkur bellashuvda 90 daqiqa emas, butun 10 daqiqa o'yinda bo'lishimiz lozim. CHunki musobaqada hech qachon o'yin tugamaydi. "Jenoa"ga qarshi qilgan ishimizni takrorlash yaramaydi. Men aytgan fikrlarni "Manchester Yunayted"ning "CHelsi"ga qarshi o'yini ham tasdiqlab turibdi. Gollar faqat ikkinchi qavatdagi kurashlardan keyin kiritildi.

- Manjukich baribir o'ynamasdi deb nimani nazarda tutdingiz?
- Hammasi biz tanlaydigan taktikaga bog'liq: markaziy hujumchisiz yoki Dibala va Ronalduga o'xshagan forvardlar bilan tushishimiz mumkin. Oxirgi uchrashuvlarda biz 4-3-3 sxemasidan foydalandik. Bunda 4 himoyachi, 3 yarim himoyachi va 3 hujumchi o'ynaydi. Bu esa futbolchilarning maydondagi funkciyalari tavsiflariga bog'liq masala. Aynan shu jihatlarni inobatga olib sxemaga moslab futbolchilarni tanlayman.

- "Yuventus" o'tkazib yuborgan 6 golning to'rttasi aynan ikkinchi qavatdan kiritildi.
- To'g'ri, ammo vaziyat boshqa-boshqa. Agarda gol krossdan so'ng urilgan bo'lsa, bu futbolchilarning o'zaro tushunmovchiligi natijasida yo'l qo'yilgan xato. Biz esa aynan shunday krosslarni amalga oshiradigan futbolchilarga ko'proq bosim qilib, ularni qo'riqlashimiz lozim. O'tkazilgan 6 goldan to'rttasi bir-biriga o'xshab ketadi. SHanba kuni esa g'alati holatga tushdik. Butun jamoa to'p chiziqdan o'tib ketdi, deb o'ylab uxlab qoldik. Umuman olganda esa o'shanda hech kim individual xatoga yo'l qo'ymadi.

- Xedira va Jan o'ynamaydi. Demak o'yinda ikkita markaziy yarim himoyachidan foydalansizmi?
- Kuadrado tibbiy xonada yaxshi ishlamoqda. Biz uch markaziy himoyachi bilan o'ynashimiz mumkin edi. Keyinchalik esa o'yin davomida taktikani o'zgartirish ham mumkin. Ammo biz 4 himoyachidan foydalanamiz. "Manchester Yunayted" bilan o'yinda maydon markazida futbolchilar sonidagi tenglikni xosil qilishimiz muhim ahamiyatga ega.

- Manjukichning ahvoli qanday? Uzoq muddatga safdan chiqish ehtimoli yo'qmi?
- O'ylashimcha, hech qanday havotirga o'rin yo'q. Jiddiy jarohat emas. Tez orada safga qaytadi. SHuningdek, Xedira va Emre Jan ham tez kunda jamoa bilan umumiy mashg'ulotga qaytishadi.

- Bernardeski ertaga qaysi nuqtada o'ynashini malum qilmaysizmi?
- Siz uni boshlang'ich tarkibga kiritib qo'ydingizmi? Balki o'ynar (kuladi). Bernardeski uchun ertangi bahs juda muhim hisoblanadi. CHunki bunday muhitda, ajoyib stadionda ilk o'yinini o'tkazadi. Bu uning uchun yaxshi o'sish.

- Barcalining o'ynash imkoniyati qay darajada?
- Yo'q. Agarda biz 3 markaziy himoyachi xizmatidan foydalanganimizda, balki o'ynardi. Ammo bizning 4 himoyachili sxemamizda Barcalining maydonga tushish imkoniyati yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика