Allegri: "Makkabi"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatni izohlash qiyin"
12 okt 2022 12:01
Yangiliklar


Allegri: "Makkabi"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatni izohlash qiyin"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri CHempionlar Ligasi 4-turi doirasida "Makkabi"ga qarshi o'yin (0:2) haqida fikr bildirdi.
"Buni izohlash qiyin, siz jim turishingiz va bu vaziyatdan chiqish uchun avvalgidan ko'ra ko'proq ishlashingiz kerak. Biz xarakter testidan o'ta olmadik. Derbigacha hammamiz bazada qolamiz, bu – klub va muxlislar oldidagi burchimiz. Bu yurak va ishtiyoq masalasi, menga "Yuve"ning ko'rsatgan o'yini yoqmadi. Biz jamoaviy o'ynashga qaytishimiz lozim, chunki juda individual tarzda harakatlanyapmiz.
Anelli uyalishimiz kerakligini aytdimi? U mutlaqo haq, ishga munosabatimiz o'rinli emas. Vaqti-vaqti bilan bir joyda o'tirib, bir-birimizning ko'zimizga qarashimiz kerak. Imtihon murakkablashgani sayin yanada jozibali bo'lib ko'rinadi. Bu vaziyatdan jasorat bilan chiqib ketish kerak. Men hech qachon istefoga chiqish haqida o'ylamaganman", – dedi mutaxassis.
"Yuventus" "Torino"ga qarshi derbini 15 oktyabr kuni mehmonda o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar