Allegri ketishining asosiy sababchisi Nedved ekan
18 may 2019 14:58
Yangiliklar


Allegri ketishining asosiy sababchisi Nedved ekan
"Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved Massimiliano Allegrining bosh murabbiylikdan ketishida tashabbuskor bo'ldi.
CHexiyalik Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi bilan birgalikda Allegrining ketishi kerakligini takidlagan. Nedved shu haqda klub prezidenti Andrea Anelliga "agar Allegri qolsa, men ketaman" degan manoda ultimatum qo'ygan. Yakunda, klub prezidenti Nedved fikrini maqullagan.
Nedved va Allegri klubning transfer siyosati masalasida kelisha olishmagan. Mutaxassis klubni yangilash haqida aytgan bo'lsa, Nedved kuchli futbolchilarni topish qiyin ekanligini takidlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar