So’nggi yangiliklar

21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  0 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  0 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  1 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  6 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  12 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2 17:33"Реал", "Ливерпуль" ва МЮ қизиқаётган футболчига нарх белгиланди  2 17:06"Манчестер Сити" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона" собиқ футболчиси учун курашади  0 16:39Бензема "Реал"га қайтадими?  3 16:15Муҳаммадали Ўринбоевга "U-20 Осиё Кубогининг энг яхши тўпурари" соврини топширилди   5 16:00Педру Морейра "Ал Ҳилол"га қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  15 15:43Ана холос! Суперлига 1-турида клублар асосий футболчиларини майдонга тушира олмаслиги мумкин  19

Allegri Italiyada chempionlik uchun qizg'in kechishiga ishonmoqda Yangiliklar

Allegri Italiyada chempionlik uchun qizg'in kechishiga ishonmoqda

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bu yilgi chempionat g'olibligi uchun kurash ancha shiddatli bo'lishiga shubha qilmayapti.


"Biz "Sampdoriya" darvozasiga kiritgan ikkinchi golimizdan so'ng o'yinin yaxshiroq nazorat qilishimiz lozim edi. Biroq buni kerakligicha uddalay olmadik. SHu boisdan ham raqib darvozamiz oldida etarlicha xavfli vaziyatlar sodir eta oldi. SHunga qaramay asosiy maqsadimiz g'alabani qo'lga kiritdik. Ketma-ket to'qqizinchi g'alaba bu jamoa o'z o'yinini yaxshilab olganidan dalolat beradi. Ayni paytda jamoamiz futbolchilari mavsum startidan ko'ra yaxshiroq formada. Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar ham jamoa bilan kirishib keta olishdi. Ko'nikish davri ortda qoldi. "Inter" ushbu turda o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Biroq bu o'yin g'alabaga etarli bo'lmadi. Hozirgi chempionat har tomonlama teng kuchli kurashlarga boy bo'lmoqda. Statistika bo'yicha gapiradigan bo'lsak, chempion bo'lish uchun 82 ochko jamg'arish lozim ekan. Ishonchim komil, bu yilgi chempionatda "Napoli" va "Inter" skudetto uchun oxirigacha kurash olib borishadi. CHempionlik uchun har doimgidan ham qizg'in bo'ladi",  - deydi Allegri.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика