Allegri: "Dibala kam gol uryapti, ammo mushkulimizni oson qilmoqda"
01 dek 2018 00:15
Yangiliklar


Allegri: "Dibala kam gol uryapti, ammo mushkulimizni oson qilmoqda"
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri shogirdi Paulo Dibalani maqtadi.
"SHogirdlarim "Valensiya"ga qarshi mazmunli o'yin ko'rsatishdi. Ayni vaqtda, oldindagi uchlik: Ronaldu, Dibala, Manjukich juda yaxshi harakat qilishmoqda".
"Dibala kam gol urayotgani rost. Lekin, yarim himoyachi va hujumchilarga ajoyib bog'lam vazifasini o'tab, mushkulimizni oson qilmoqda. Paulo jamoa uchun kerakli va muhim futbolchi. Har doim aytaman, uning iqtidori bilan bir qancha uchrashuvlarni yutishimiz mumkin", - deya Allegri so'zlarini keltirdi goal.com nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar