Allegri: Atletikoni ikki to'p farqi bilan yutish qiyin, Madridda biz jo'jalarga o'xshagandik
09 dek 2014 08:54
Yangiliklar

Allegri: Atletikoni ikki to'p farqi bilan yutish qiyin, Madridda biz jo'jalarga o'xshagandik
Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ECHL 6-turidan o'rin olgan Atletikoga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Ikki to'p farqi bilan g'alaba qozonish juda qiyin bo'ladi, sababi Atletiko raqibga ko'p imkon bermaydi. Biroq biz aynan shunga harakat qilamiz va 1/8 finalga birinchi o'rin bilan chiqishni istaymiz.
Biz Madridda va Afinada mag'lub bo'lgandik. Madridda jo'jalarga o'xshab qolgandik, Afinada esa gol ura olmadik. Ertaga o'z maydonimizda o'ynaymiz, muxlislarimiz bizni qo'llab turishadi.
Atletikodan birinchi o'rinni olib qo'yishga urinamiz, Madrid klubi esa shu o'rinni saqlab qolishga urinadi, – deydi Allegri.

Fikrlar