Alle van Bastenning rekordini takrorladi
16 sen 2021 16:04
Yangiliklar
Alle van Bastenning rekordini takrorladi
Amsterdamning "Ayaks" klubi hujumchisi Sebastyan Alle kecha CHL guruh bosqich 1-tur doirasidagi "Sporting" (Lissabon)ga qarshi o'yinning asosiy qahramoni bo'ldi.
O'yin Niderlandiya klubi foydasiga 5:1 hisobida yakunlandi. Alle o'z hisobiga 4ta gol yozdirib qo'ydi.
Qayd etish kerakki, 27 yoshli ivuarlik forvard CHempionlar Ligasidagi debyut o'yinida poker qayd etgan tarixdagi ikkinchi o'yinchiga aylandi. Oldinroq buni "Milan" safida Evropa CHempionlari Kubogida "Milan" safida 4ta gol urgan Marko van Basten amalga oshirgan edi.
Alle joriy yilning qishida "Ayaks" futbolchisiga aylandi. U "Vest Xem"dan 22 million evroga xarid qilingan edi.
Fikrlar