Alijonov va Akramov "Andijon"da
06 jan 2015 14:36
Yangiliklar

Alijonov va Akramov "Andijon"da
O'z qarorgohida yig'in o'tkazayotgan andijonliklar safiga yangi futbolchilarning kelib qo'shilishi davom etmoqda.
Bugun ertalab jamoa SHo'rbuloq dahasidagi suniy maydonda mashg'ulot o'tkazdi. Edgar Gess boshchiligida o'tgan mashg'ulotda 30 nafar futbolchi ishtirok etdi. Unda bir qator yangi o'yinchilarni ham ko'rish mumkin edi.
Xususan "Neftchi" tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan Aziz Alijonov bilan Iqbol Akramov yana "burgutlar" ko'rigidan o'tish uchun kelgan. Yodingizda bo'lsa kerak, mazkur tajribali futbolchilar o'tgan yili yozda ham "Andijon" yig'inida ishtirok etib qaytgandi. Ammo ayrim sabablarga ko'ra ularning ikkisi ham jamoada qolmagandi.
Bugun jamoa lageriga Yaroslav Krushelnickiyning ham kelishi kutilmoqda. O'tgan mavsum Malayziya chempionatida faoliyat yuritgan ushbu futbolchi ham aslida "Andijon" uchun begona emas. Boisi 32 yoshli himoyachi ilgari jamoa safida faoliyat olib borgan.

Fikrlar