So’nggi yangiliklar

20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  1 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  19 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  21 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  31

Alijon Isoqov: “Kamoliddinga har doim yordam berishga tayyorman” Yangiliklar

Alijon Isoqov: “Kamoliddinga har doim yordam berishga tayyorman”

Qarshidagi tadbirga qashqadaryolik mashhur xonanda Alijon Isoqov ham tashrif buyurib, o'z qo'shiqlari bilan bayramga fayz kiritdi.
Kattalar o'rtasidagi futbol boshlangan mahal paytdan foydalanib Alijon Isoqovdan ham intervyu oldik.

-   O'zbek futbolining oddiy bir muxlisi sifatida do'stim Kamoliddin Kenjaevga atab xayriya akciyasi tashkil qilinganidan juda xursandman. SHunday tadbir bo'lishi haqida eshitgan zahoti hamma ishimni bir chetga qo'yib, mana shu tadbirda qatnashaman deb rejalashtirib qo'ygandim. Hozir kayfiyatim juda alo, Kamoliddinning o'zi ham juda xursand. Negaki o'z vaqtida futbol o'ynab xalqqa tanilgan, biroq avtofalokat tufayli futboldan chetga chiqib qolgan Kamoliddin Kenjaev uchun shunday xayriya akciyasining tashkil etilishi katta voqea bo'ldi. Men buning uchun barcha tashkilotchilarga, xususan championat.asia saytiga, viloyat hokimligiga hamda “Nasaf” futbol klubiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu ish ham savob, ham ko'pchilik uchun o'rnak bo'ldi. Oramizda Kenjaevning muxlislari hozir ham ko'pchilikni tashkil etadi, shular qatorida men ham borman.

-   Kamoliddin Kenjaevni anchadan beri bilasiz, to'g'rimi?
-   To'g'risini aytsam, men Kamoliddin bilan bitta qishloqda o'sib ulg'ayganman. O'sha noxush voqeadan beri har oyda bir yoki ikki marta uyiga borib xabar olib turaman. O'zimdan ham bir necha bor shunday tadbir o'tkazaylik degan takliflar bo'lgandi. Mana hozir shu xayriyada ishtirok etib turganimdan xursandman. Bundan keyin ham shunday tadbirlarda qatnashishga doim tayyorman. Kamoliddinga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelin bilan qo'sha qarishini tilab qolaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика