So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Alisson – Madrid uchun eng yaxshi variant! Nega? Yangiliklar

Alisson – Madrid uchun eng yaxshi variant! Nega?

“Qaymoqranglilar” bor etiborini braziliyalik darvozabon transferiga qaratsa ham bo'laveradi.

Uzoq vaqtdan beri “Manchester Yunayted” va Londonning “CHelsi” kiperlari David De Xea va Tibo Kurtuani qayta-qayta Madridga ko'chib o'tishi haqida aytildi, ammo... Ular hamon o'z klublari safida va “qaymoqranglilar” tarkibini “Roma”ning birinchi raqamli posboni Alisson Beker bilan kuchaytirishi haqiqatga yaqinroqdek ko'rinmoqda.

Qanchalik harakat qilmasin Keylor Navas muxlislar va klubdagilar ishonchiga kira olmadi. Omadli o'yinlardan so'ng maqtaganlar ham, birinchi omadsiz o'yin o'tishi bilanoq yana “eski mavzuni” qo'zg'ay boshlamoqda. De Xea transferi amalga oshishiga bir qadam qolganda, texnika pand berdimi, yo yana bir nima, xullas, kiper hamon tumanli albionda. Bilbaoning “Atletik” klubi posboni Kepa Arrisabalaga sotib olinishini esa bosh murabbiy Zinedin Zidan xohlamadi.

Moddiy tomonlama ham Alisson varianti Kurtua yoki De Xeadan maqulroqdek.

Ikkilanib turganlarning umidini yaqinla o'z intervyusi bilan “Qizil iblislar” ustozi Joze Mourinyu butkul uzib qo'ya qoldi. Tibo Kurtua esa ochiqchasiga kamida keyingi mavsumda ham “CHelsi" tarkibida qolishini aytib o'tdi.

Inglizlardan darvozabonlarini olib qo'yish 100 milliondan arzonga tushmasligi aniq. Rimliklarni esa “boriga-baraka” deb, 50-60 mln evroga ko'ndirib yuborsa bo'ladi chog'i.

Etiborlisi, bu transferdan har ikki klub foyda ko'radi. “Real Madrid” kuchli darvozabonga ega bo'lsa, “Romy” 2016 yil “Internasonal”dan 7,5 mln evroga olgan darvozabonini 8-9 barobar qimmatga sotib yuboradi.


Nozima Zaripova tarjima qildi 

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика