Alisson "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirdi
04 avg 2021 21:35
Yangiliklar
Alisson "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirdi
Angliyaning "Liverpul" klubi rasmiy sayti Alisson Beker bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirganini malum qildi.
Biroq klub yangi shartnoma muddatini oshkor qilmadi. Xabarlarga ko'ra, 28 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2027 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Alisson "Roma"dan "qizillar" safiga 2018 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Bu vaqt ichida braziliyalik posbon mersisaydliklar tarkibida 130 ta o'yin o'tkazgan hamda bitta gol urishga ham muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar