Alisher Usmonov Kapelloni pulini to'lab berishga tayyor
22 iyu 2015 22:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/176239_original.jpg)
![](/upload/storage/176239_220.jpg)
Alisher Usmonov Kapelloni pulini to'lab berishga tayyor
Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov RFIga terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kapelloning pulini to'lab berilishida ko'maklashmoqchi.
Alisher Usmonovning so'zlariga ko'ra, Rossiya Futbol Ittifoqiga 300 million rubl pul ajratmoqchi.
SHuningdek, Usmonov RFI bilan homiylik shartnomasini tuzish istagi borligini bildirgan. "Megafon" kompaniyasi RFIga homiylik qilishga yaqin turibdi.
Fabio Kapello bilan shartnomani buzish muzokaralarini Rossiya sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko olib borishi ko'zda tutilgan.
SHartnoma bandiga muvofiq, agarda RFI Kapello bilan o'rtadagi bitimni buzadigan bo'lsa, unda rossiyaliklar italiyalik futbol mutaxassisiga 21,6 million evro to'lab berishlari kerak bo'ladi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar