So’nggi yangiliklar

15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  0 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  2 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  31 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2

Alisher SHog'ulomov: "Men bahona qilmoqchi emasman, lekin futbol erkaklar o'yini" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Men bahona qilmoqchi emasman, lekin futbol erkaklar o'yini"

Pro liga navbatdagi turida Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi o'z maydonida G'uzorning "SHo'rtan" jamoasiga mag'lub bo'ldi (0:1).




Uchrashuvdan so'ng mezbon "Oq-tepa" klubi raisi Alisher SHog'ulomov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiziqarli o'yin bo'ldi. "SHo'rtan" jamoasi bejiz birinchi o'rinda ketayotgani yo'q. Birinchi bo'limda o'ylagan rejalarimizni amalga oshira olmadik, pazicion xatolarga yo'l qo'ydik. Biz imkoniyatimizdan kelib chiqib, ixtiyorimizda bor futbolchilar bilan o'ynamoqdamiz. Tarkibimizda yulduz futbolchilar yo'q, jamoasiz qolgan futbolchilarni jalb qilganmiz. Ishlab, mehnat qilib nimadirga erishishga harakat qilmoqdamiz. Oraliqda yuzaga kelgan tanaffusda ko'p futbolchilarimiz jamoamizni tark etdi. Asosiy tarkibdagi olti nafar futbolchimiz almashdi. Biz o'ylagan narsalarni futbolchilar maydonda bajara olishmayapti. Balki, tajriba etishmayotgandir. Ikkinchi bo'limda to'p nazoratini qo'lga oldik. Ketma-ket hujumlar uyushtira boshladik. "SHo'rtan" murabbiyi Asror aka Aliqulov o'z vaqtida ajoyib futbolchi bo'lgan, o'zim muxlisi bo'lganman. Televizorda ham ko'rgan bo'lsangiz ozgina narsaga ham yotib olib o'yinni cho'zish holati ko'p bo'ldi. Futbol erkaklar o'yini. Men bahona qilmoqchi emasman. Bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi, gol ura olmadik. Bugun hujum chizig'ida yosh futbolchilar harakat qildi. Ulardan ko'nglim to'q. Oldiga qo'yilgan vazifani bajarishmoqda. Ayrimlarida o'xshamayapti",- deydi Alisher SHog'ulomov.

- Bugun hujumga nuqta qo'yadigan futbolchi topilmadi...
- Ikkita hujumchi bilan ham o'ynab ko'rdik, o'xshamadi. Bizda gol uradigan yaqqol hujumchini o'zi yo'q. Yilni boshidan Ibrohim Tomivaga moslashgan holda o'yin qurdik. Uning o'rniga yaxshiroq hujumchi ololmadik. Hujum chizig'imizda muammolar bor.

- Tajribali futbolchilarni o'yinidan qay darajada qoniqish hosil qildingiz?
- Tajribali futbolchilar o'z darajalarida to'p tepa olishmayapti. Bilmadim, ular bilan qanday gaplashish kerak. Tushuntirmoqdamiz, ko'rsatmalar beryapmiz. Lekin, Sunnatilla Mamadalievni alohida aytib o'tish joiz. Ko'p yoshlar shu futbolchidan o'rnak olishi kerak deb o'ylayman. Har bir vaziyatda kurashmoqda, pas bermoqda, ochilmoqda. Jamoadagi ko'p yosh futbolchilardan o'zining faolligini ko'rsatmoqda.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика