So’nggi yangiliklar

11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  1 10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9

Alisher SHog'ulomov: “Abramovning o'yin uslubi menga juda yoqadi” Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: “Abramovning o'yin uslubi menga juda yoqadi”

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi 23 iyul kuni “So'g'diyona”ga qarshi navbatdagi nazorat bahsini o'tkazdi.

O'yinda 2:2 natijasi qayd etildi. Vadim Karlenovich jamoasidan SHerzod Hakimov hamda Mo'ydin Mamazulumovlar raqib darvozasini ishg'ol etishdi. Bu uchrashuvda “Neftchi” bosh murabbiyi aksar o'yinchilar qatori Alisher SHog'ulomovga ham dam berdi. Uchrashuvni tomoshabin sifatida ko'rgan futbolchidan o'yindan so'ng klub rasmiy sayti uchun intervyu oldik.

– Alisher aka,  “Neftchi” safiga qo'shilganingizga malum bir vaqt bo'ldi. Taassurotlar qanday ? Toshkentdagi tayyorgarlik jarayoni borasida o'z fikrlaringizni bildirsangiz. 

– Toshkentda juda xam qizg'in tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Mashg'ulotlarda ko'proq to'p bilan muomila qilishga urg'u berilyapti. SHuningdek jamoa uchun foydali bo'lgan bir qator o'rtoqlik bahslarida ishtirok etdik. Umuman olganda ikkinchi davraga qizg'in xozirlik ko'ryapmiz.

– Hozirgacha Toshkentda 3 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi va 3 xil natija qayd etildi. Ortda qolgan bellashuvlar borasidagi fikrlaringiz ?

– Ochig'i,  “Qizilqum” bilan o'yinda chin manoda o'zimizga “o'xshamadik”. CHunki og'ir mashg'ulotlar jarayonidan so'ng bu o'yinda ishtirok etish qo'shimcha bosim tug'dirdi. Albatta bu mag'lubiyat uchun bahona bo'la olmaydi. Lekin “Qo'qon-1912″ga qarshi bahs nisbatan boshqacha kechdi. Uchrashuvda murabbiylar bergan ko'rsatmalarni to'liq bajardik va muvaffaqiyatga erishdik. “So'g'diyona”ga qarshi o'yinda esa o'tgan uchrashuvdagi futbolchilarga dam berildi. Jizzaxliklarga qarshi bellashuv ham qizg'in kechdi. Afsuski, so'nggi daqiqalarda g'alaba qo'ldan chiqarildi. Umuman olganda, “So'g'diyona” bilan o'yinda ham jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi.

– Yangi jamoa tarkibidagi maqsadlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz,  Farg'onada boshlanayotgan faoliyatingizdan nimalar kutyapsiz ?

– Albatta yaxshi niyatlar bilan “Neftchi”ga keldim. Men Vadim Karlenovichning taklifi bilan faoliyatimni Farg'ona klubi bilan bog'layapman. Bu murabbiyni qanday darajadagi mutaxassis ekanligini barcha yaxshi biladi. Bevosita hujumchi sifatida Vadim Karlenovichning futbol falsafalari menga juda yoqadi. Nasib qilsa, ikkinchi davrada ko'plab gollar urib muxlislarni xursand qilmoqchiman.

– Yangi jamoadoshlaringizdan qaysi futbolchilarni alohida etirof etasiz?

– Mansur Saidov, Mo'ydin Mamazulumov va SHerzod Hakimovlarni alohida aytib o'tishim mumkin. O'yinlarda ushbu jamoadoshlarim bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunib harakat qilyapmiz. Umuman olganda jamoamizda xar bir futbolchini mana shunday alohida etirof etish mumkin. Vadim Abramov ikkini davra oldidan yaxshi jamoa shakllatirmoqda.

– “Neftchi”ga raqib sifatida ko'p to'qnash kelgansiz. Biroq kunlar kelib Farg'ona klubi sharafini himoya etish haqida xech o'ylaganmisiz yoki bu jamoaga o'tish varianti avval ham bo'lganmi ?

– Yuriy Sarkisyan davradan beri “Neftchi”ga qiziqib kelardim. O'sha davrlari xar bir etishib chiqayotgan yosh futbolchi “Neftchi”dek jamoada o'ynashni orzu qilardi. Ha albatta, “Neftchi” jamoasida o'ynash istagi avval ham bo'lgan. Mana endilikda jamoa futbolchisi sifatida faoliyatimni davom ettiraman


Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика