So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  9 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  0 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

Alisher Nikimbaev: "Hakamlar departamenti yangi rahbarining qobiliyatsiz ekanini bitta suhbatdayoq bilganman" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Hakamlar departamenti yangi rahbarining qobiliyatsiz ekanini bitta suhbatdayoq bilganman"

O'zbekistonlik futbol mutxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida yangi post qoldirdi.

"Aytishlaricha, hakamlar departamentini yana hakamlikdan uzoq bo'lgan inson boshqaradi. Bu yana bir bor ushbu tayinlovlarni ilgari surayotganlar mamlakatda futbol rivojini emas, o'z shaxsiy qiziqishlari haqida o'ylashlarini ko'rsatib beradi.

Buni tan olish og'ir, ammo katta ehtimol bilan yaqin orada o'zgartirib bo'lmasa kerak. O'zgarishlar to'lqini 2017 yilda boshlangandi, o'shanda futbol tepasiga kelgan rahbarlar o'z kursilariga yopishib olishdi va endi osonlikcha qo'yib yuborishmaydi. Barcha haqiqatlar va ko'proq yolg'onlar (tuhmat va intrigalar) bilan lavozimda qolishga intilishadi.

Hakamlik yangi rahbari bo'lishi kutilayotgan inson bilan, hayotimda bir bor suhbatlashganman va o'sha suhbatning o'zi uning qobiliyatsiz ekanligi uchun etarli bo'lgandi.

Yigit Qatar ligasidagi hamkasbi bilan uchrashuv tashkil etib berishni so'ragan va o'sha uchrashuvda, bir soat ichida ikkita savol bergandi:

- Qura uchun sharchalarni qaerdan olasizlar?

- Bunday sharchalarni qaerdan sotib olsa bo'ladi?

Va - bo'ldi! Boshqa hech nima so'ralmagan.

Ammo, ko'rinishidan, birga ishlayotgan odamlar, yani uni faoliyat zinapoyasidan tepaga ko'tarayotganlar, bunda hech qanday uyatli holatni ko'rishmayapti.

Aytgancha, aynan shu insonlar hakamlar departamenti oldingi rahbarini ham ilgari surishgandi. Natija - oldingi rahbarni shunday so'zlar bilan ishdan haydashdi: "qamoqqa tiqishmaganiga rahmat degin". Ammo ushbu klanga (jamoa) ishonishda davom etishmoqda", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Malumot uchun, bugun O'FA hakamlar markaziga Laziz Qo'chqorov rahbar etib tayinlangani haqida xabar chiqdi. Bunga qadar ushbu lavozimda Erkin Baxtiyorov ishlab kelayotgan edi.


Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика