So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  1 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Alisher Nikimbaev 2023 yilgi Osiyo Kubogini qabul qilishga qaysi mamlakat asosiy nomzod ekanligini hamda O'zbekiston mezbon bo'lishi uchun qanday yo'l tutishi kerakligini aytdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev 2023 yilgi Osiyo Kubogini qabul qilishga qaysi mamlakat asosiy nomzod ekanligini hamda O'zbekiston mezbon bo'lishi uchun qanday yo'l tutishi kerakligini aytdi

Saytimiz xodimlari Narzulla Saydullaev va Nikolay Egorichev Qatar futbol associaciyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaev bilan suhbat uyushtirishdi.

- O'z Telegram kanalingizda keyingi yil kechadigan Osiyo Kubogini Janubiy Koreya qabul qilishi kerak deb yozgansiz. SHu haqda fikr bildirsangiz...

- Hozirgi holatda 4 ta davlat – Janubiy Koreya, Avstraliya, Indoneziya va Qatar ariza topshirgan. Aytishim mumkinki, Qatarni o'zi uchun ham bu kutilmagan holat bo'lgan. CHunki bu 2027 yilga mo'ljallangandi. 

Esingizda bo'lsa, OFK ariza topshirish muddatini 2 haftaga uzaytirdi. 

Janubiy Koreya futbol federaciyasida kadrlar almashinuvi ro'y bergan va yangi rahbariyat o'zini ko'rsatmoqchi. Ular demokratik davlat. Muammo – shaharlar meri roziligini olish. Yani federaciya shaharlarga xat yuborgan. Ular shaharlardan javob kutishmoqda. Merlar Osiyo Kubogini qabul qilishga tayyormi yoki yo'qligi bo'yicha javob berishlari lozim. U erda hammasi oldindan reja qilinadi va shunga muvofiq ishlashadi. SHaharlar merlari ruxsatisiz federaciya rasmiy ariza topshira olmaydi. SHuning uchun 31 avgustni kutamiz. 

Agar Qatar mezbonlikni olsa, bu OFK principi buzilishiga olib keladi, chunki oxirgi chempionat g'arbda – BAAda o'tgandi.

Avstraliya, Indoneziya va Qatar iyun va iyulda musobaqani qabul qila olmasligiga sabablar bor. Avstraliya bu vaqtda Yangi Zelandiya bilan birgalikda ayollar o'rtasidagi JCHni qabul qiladi, Indoneziya 10 iyulgacha U-20 Jahon chempionatini o'tkazadi.

Xullas, hamma 4 ta nomzodni olsak, Janubiy Koreya varianti ideal.

- O'zbekiston kattalar o'rtasidagi Osiyo Kubogini qabul qilishi uchun nimalar qilinishi lozim?

- Bu uchun 40 va 50 ming o'rinli stadion qurish kerak. Bu 200-300 million dollar deganidir. Agar davlatda 2 ta stadion qurish uchun pul bo'lsa, ularni qaerda, qaysi shaharda qurish lozim? Toshkentdami yoki boshqa shahardami? Yashirib o'tirmayman, Ravshan Ermatov bilan norasmiy suhbatda bu ro'y berishi mumkinligi aytilgandi. Bizda guruh bosqichini qabul qila oladigan shaharlar bor – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona vodiysi, Qarshi, Namangan, shular jumlasidan.   

Final va yarim final bahslarini o'tkaza olmaymiz. CHunki yuqorida aytganimdek, bizda katta sig'imli stadionlar mavjud emas. Hatto bizga yaqin qaysidir davlat bilan birga ham o'tkaza olmaymiz. 

Musobaqa 2027 yil g'arbda, 2031 yil sharqda o'tishini hisobga olsak va maqsadlar o'zgarmasa, biz 2035 yil uchun ariza topshira olamiz. Bu hukumat darajasida ko'tariladigan jiddiy masala hisoblanadi, dedi Nikimbaev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика