So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Alisher Ahmedov: “Ushbu yutug'imni O'zbekiston ahliga bag'ishlayman” Yangiliklar

Alisher Ahmedov: “Ushbu yutug'imni O'zbekiston ahliga bag'ishlayman”

Bu yil Maldiv chempionatida faoliyat olib borgan hamyurtimiz Alisher Ahmedov yaqinda jamoasi bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

SHu munosabat bilan 28 yoshli posbonni suhbatga chorladik.

- Avvalo chempionlikka erishganingiz tabriklaymiz. Aytingchi yakuniga etgan mavsum siz va “Radiant” uchun qanday o'tdi? Undan ko'nglingiz to'ldimi?
- Mavsum avvaliga biz uchun qiyin boshlandi. Murabbiylarning ketma-ket uch bor almashinuvi ham tabiiyki natijaga salbiy tasir o'tkazgandek tuyuldi. Ammo shunga qaramay OFK Kubogida guruh bosqichida yaxshi ishtirok etdik deb o'ylayman. Faqat birozgina omad etishmadi. Umumiy mavsumni olib aytadigan bo'lsam, Prezident Kubogida finalgacha etib bordik. Ichki chempionatda esa umuman yutqazmasdan chempionlikni qo'lga kiritdik. O'zimga keladigan bo'lsak, jamoam ishtirokidagi barcha uchrashuvlarda to'liq 100 foiz xarakat qildim va sezilarli darajada mahoratimni oshirdim deb o'ylayman. Bundan va oltin medallarni qo'lga kiritganimizdan albatta xursandman. Mavsum-2015dan ko'nglim to'ldi.


- CHempionatda umuman yutqazmasdan oltin medallarni qo'lga kiritibsizlar. Bunga jamoa qanday erishdi?
- Ha, birorta ham mag'lub bo'lmagan ersakda, chempionlik shoxsupasiga osonlikcha ko'tarildik deb aytmagan bo'lardim. Har bir uchrashuvga jiddiy qaragan xolda, bor kuchni berib o'ynadik. Sababi bitta durang ham yakunda bizga qimmatga tushishini bilardik. SHuning uchun katta bosim ostida o'tkazdik butun mavsumni. CHempionlik yo'lida jamoamizga “Maziya” va “TS-yunayted” klublari ham jiddiy qarshilik ko'rsatdi degan bo'lardim.

- Bu sizning futbolchilikdagi ilk oltiningiz bo'lsa kerak?
- Ha. Bungacha shaxsiy muzeyimda bronza medali bor edi. Uni O'zbekiston chempionatida “Nasaf” safida qo'lga kiritgandim.


- “Radiant” rahbariyati ushbu chempionlikdan so'ng futbolchilarni munosib ravishda rag'batlantirdimi?
- Ha. Maldivda futbolchilarga bo'lgan etibor va xurmat yuqoriligini takidlab o'tishni istardim. Futbol federaciyaning bosh homiymi “Oredu mobil” kompaniyasi chempionlikka erishilganidan so'ng klubga 100 000 AKSH dollari mukofot puli berdi. Eng yaxshi darvozabon bo'lganim uchun menga 10 000 AKSH dollari pul mukofoti joriy etildi. Bundan tashqari “Radiant” klubi xo'jayinlari ham bonuslarni taqdim etdi.

- Ortga qachon qaytasiz?
- Yakshanba kuni uyga jo'nayman.


- Klub rahbarlari bilan kelajagingizga oydinlik kiritib oldingizmi?
- Yaqinda ular menga yangi shartnoma taklif qilishdi. Undagi bandlarda bir necha qulayliklar joriy etilgan. Lekin shunga qaramay men shoshilayotganim yo'q.

- Boshqa klubga o'tmoqchimisiz?
- Yodingizda bo'lsa, oldingi suhbatlarimizda ham aytib o'tganman. Asosiy maqsadim MTJdan chaqiruv olish va vatanimiz bosh jamoasida o'ynab, o'zimni ko'rsatishdir. Buning uchun yanada kuchli bo'lgan chempionatga o'tishim kerak deb o'ylayman.

- Xorijning boshqa chempionatlaridan ham qiziqish bormi?
- Ha. Evropa klublaridan ham variantlarni ko'rib chiqyapmiz. Bu haqda aniq nomlarga to'xtalib o'tirmoqchi emasman. Keling to'ydan oldin nog'ora chalmasdan, yaxshisi aniq bo'lgach malumot beraylik. Hozircha qishki transfer oynasi ochilishini kutmoqdamiz.


- O'zbeksiton klublaridan ham shu kungacha chorlov bo'ldimi?
- Yo'q emas. Lekin men hali mamlakatimiz chempionatida o'ynashga ulguraman deb o'ylayman. Hozir chetda o'ynash o'zimga boshqacha tuyulmoqda. Elkangizda katta masuliyat borligini va vataniz shanini munosib himoya qilish uchun astoydil o'ynaysiz. Natijada yaxshigina o'sishga erishish mumkin.

- Ushbu chempionlikni kimga bag'ishlaysiz?
- Eng avvalo shu darajaga chiqishimda menga ko'p yordam bergan ota-onam va murabbiylaridan butun minnatdor ekanligimni bildirib o'taman. Ushbu g'alabamni esa butun O'zbekiston xalqiga bag'ishlayman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика