So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Alirizo Mansurian: "Joze Mourinoga o'xshayman? Katta rahmat" Yangiliklar

Alirizo Mansurian: "Joze Mourinoga o'xshayman? Katta rahmat"

OCHL 4-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "Istiqlol" bosh murabbiyi Alirizo Mansurian ishtirok etdi.
"Bugun qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Dastlabki 30 daqiqada raqib kuchli o'ynadi va gol urdi. Ikkinchi bo'limda o'zimizga keldik. O'yin so'nggida biz "Lokomotiv"dan ustun o'ynadik. Bugun biz xatto yutib ketishimiz mumkin edi. Ammo jarima to'pidan keyingi zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi. Bundan tashqari raqibda ham imkoniyat bo'ldi. Bugun shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim", - deydi Alirizo Mansurian.

- Guruhdagi vaziyat haqida fikrlaringiz qanday?
- Bu guruh OCHL musobaqasidagi eng qiyin guruhlaridan biri. CHunki barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan. Meni fikrimcha barcha masala so'nggi turda hal bo'ladi. Jamoalar o'rtasidagi saviya deyarli bir xil.

- "Lokomotiv" gol urganidan keyin futbol o'ynamadi. Bundan foydalanib jamoaingiz ko'p hujum qildi. Bu yaxshi. SHogirdlaringiz ko'plab jarima to'plarini amalga oshirdi. Ammo deyarli hech birida xavfli vaziyat yarata olishmadi. Bunga sabab nima?
- Bizda o'yinga tayyorgarlik, xususan standart vaziyatlar ustida tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Ammo ko'p vaziyatda omadimiz kelmadi. Bundan tashqari ikkinchi gol o'tkazmaslik uchun ehtiyot bo'lib o'ynadik.

- Sizning maydon chetidagi harakatlaringizni kuzatib Joze Mourinoga o'xshashingizni ko'rish mumkin. Unga taqlid qilasizmi? Yoki qaysi murabbiylarning ishini o'rganib borasiz?
- Joze Mourinoga o'xshatganingiz uchun katta rahmat.20 nafar futbolchining 12 nafari yosh hisoblanadi, ularni chetdan turib ruhan qo'llab turishim kerak. Menga Diego Simeone va Xosep Gvardiola kabi murabbiylarning ishi va harakatlari yoqadi.

- Bugun jamoaingiz ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko qo'lga kiritdimi?
- Juda qiyin savol bo'ldi. Menda bu savolga aniq javob yo'q. Sababi o'yining bazi qismida ikki ochko yo'qotdik, bazi qismida bir ochko qo'lga kiritdik. Bugun ikkala jamoa ham yutishi mumkin edi.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика