So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Alirizo Jahonbaxsh: "Osiyo kubogi Eron uchun doim muhim bo'lgan. Bu galgi musobaqadan ko'p narsa kutyapmiz" Yangiliklar

Alirizo Jahonbaxsh: "Osiyo kubogi Eron uchun doim muhim bo'lgan. Bu galgi musobaqadan ko'p narsa kutyapmiz"

Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan Eron va Falastin (4:1) uchrashuvidan so'ng eronlik futbolchi Alirizo Jahonbaxsh Championat.asia kichik intervyu berdi.

- Osiyo kubogi haqida nimalar deya olasiz? Eron terma jamoasining ushbu musobaqadagi maqsadi qanday?

- Bu galgi musobaqadan ko'p narsa kutyapmiz. Osiyo kubogi Eron mamlakati uchun har doim eng muhim turnirlardan bo'lgan. Doim eng yuqori natijani ko'zlaganmiz. Bizdagi kuchli futbolchilar va hozirgi avloddan kelib chiqib, katta natijalarni maqsad qilganmiz. Musobaqa startidan oldin turnirni yaxshi boshlashimiz shart ekanini bilardik. Bugun ajoyib harakat qildik, deb o'ylayman. Osiyo kubogi hali uzoq davom etadi, ko'p o'yinlar hali oldinda. Biz etarli tajriba va sifatga egamiz. Buyog'iga o'yinlar qiyinlashib ketaveradi. Ko'p narsani orzu qilyapmiz. Umid qilamanki, o'ylagan natijamizga erishamiz. 



- 2019 yilgi Osiyo kubogi Eron uchun biroz omadsiz yakunlangan. Bu safar Eron o'sha xatolarni to'g'rilab, musobaqa chempioni bo'lishiga qanchalik ishonasiz?

- Ha, o'sha musobaqada biz omadsizlikka uchragandik. Yarim finalda Yaponiyaga imkoniyat boy berilgani esimda. Bu musobaqada ham avvalgidek ishtiyoqdamiz va katta maqsadlarni ko'zlaganmiz. Birinchi o'yin har doim qiyin, ammo biz o'yindan o'yinga yaxshiroq harakat qilishga intilamiz. Osiyo kubogida uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Terma jamoaning hozirgi avlodidan umidlar katta. Biz bu orzular ushalishiga ishonamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика