So’nggi yangiliklar

17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  0 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  2 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3

Alirizo Jahonbaxsh: "Gongkongga 23 soat uchdik va mashg'ulot o'tkaza olmadik. Terma jamoadagi vaziyat kulgili" Yangiliklar

Alirizo Jahonbaxsh: "Gongkongga 23 soat uchdik va mashg'ulot o'tkaza olmadik. Terma jamoadagi vaziyat kulgili"

Eron terma jamoasi futbolchisi Alirizo Jahonbaxsh JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Osiyo Millatlar Kubogidan so'ng, bizni qo'llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildira olmadim. Buni hozir amalga oshirmoqchiman. Millat masalasida gap ketganda, birinchi navbatda terma jamoaga etibor qaratish kerak. Biz rasmiy o'yinga mashg'ulotsiz bordik, chunki bizda parvoz sharoiti yomon edi va Gongkongga 23 soat uchdik. Hech narsa rejalashtirilmagandi. Yigitlar Evropadan kelib, soatlab uchishdi. O'yinga 48 soat qolganida Gonkongga juda charchagan holda etib keldik, shunga qaramay, g'alaba qozona oldik. Bizga bu darajada o'ynash qulay emas.

Vaziyat kulgili! Men osiyolik do'stlarim bilan barcha mamlakatlarda maxsus reyslar borligi haqida gaplashdim. Futbol juda muhim va insonlar hayotiga bevosita tasir qiladi. Rasmiylar terma jamoani qo'llab-quvvatlashi kerak. Keyingi bosqich ancha qiyin o'tadi va biz o'yinlarga bu tarzda mashg'ulotsiz bora olmaymiz yoki 23 soat yo'lda bo'la olmaymiz. Ertaga bizni juda qiyin o'yin kutib turibdi va O'zbekiston bu bir necha oy ichida juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Afsuski, birinchi to'qnashuvda durang qayd etildi, ammo futbolchilar bo'lajak bahsga tayyor. Muxlislardan bizni qo'llab-quvvatlashini istayman. Hayit bayramida tomoshabinlarning stadionda bo'lishi juda yoqimli bo'ladi. Umid qilamanki, yaxshi natija bilan keyingi bosqichga yo'l olamiz", — dedi eronlik futbolchi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика