So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Alirizo Fag'oni O'zbekiston uchun qanchalik omadli hakam? Yangiliklar

Alirizo Fag'oni O'zbekiston uchun qanchalik omadli hakam?

Ertaga JCH-2018 saralashi doirasidagi O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yinni eronlik Alirizo Fag'oni boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Biz O'zbekiston terma jamoalari va klublari ishtirokidagi mana shu hakam boshqargan o'yinlarni eslashga qaror qildik.

2010 yil O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionati final bosqichida ishtirok etgandi. Aleksey Evstafeev boshchiligidagi jamoaning 3ta o'yinida Fag'oni bosh hakam bo'lgan. Guruh bosqichidan o'rin olgan Indoneziya (3:0) va Tojikiston (8:1) o'yinlarida vakillarimiz yirik hisoblarda yutishgan. Finalda esa O'zbekiston KXDR o'smirlariga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishgan. O'sha o'yinda hakam Sardor Rahmonov va Abbos Maxstalievga qizil kartochka ko'rsatgan edi.

Londondagi Olimpiada o'yinlariga saralash bahslarida O'zbekiston pley-offda Suriyaga qarshi o'ynagandi. Vakillarimizning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan o'yinda Fag'oni hakamlik qilgan edi.

2011 yil JCH-2014 saralashi doirasida KXDR - O'zbekiston uchrashuvida ham aynan eronlik mana shu hakam ishlgan ekan. O'sha o'yinda Aleksandr Geynrixning urgan goli O'zbekistonga safarda g'alaba keltirgan edi - 1:0.

Fag'oni boshqargan yana bir o'yin 2014 yil o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida kuzatilgan. Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlar terma jamoamiz Suriyaga qarshi maydonga tushgan va kuchli yomg'ir ostida o'tgan bahsda 2:5 hisobida yutqazib qo'yishgandi.

Eronlik hakam "Bunyodkor"ning OCHLdagi ikkita o'yinini boshqargan. 2013 yil guruh bosqichida "qaldirg'ochlar" Toshkentda "Poxang Stilers" bilan 2:2 hisobida durang o'ynashgandi. 2015 yilning fevral oyida Toshkentda "Al Jazira" bilan pley-off uchrashuvi o'tkazilgandi. O'sha o'yin "Bunyodkor"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi.



O'zbekiston - KXDR
12 noyabr 2015 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00
Bosh hakam:
Alirizo Fag'oni (Eron)
Qanot hakamlari: Rizo Suxandon, Muhammadrizo Mansuri (ikkisi Eron)
Zaxira hakami: Movud Bonyadifard (Eron).
Nazoratchi: Salim Sayid Alsuvaydi (BAA).
Komissar: Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni).


Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика