Alirizo Beyranvand Evropaga yo'l oldi
29 iyu 2020 11:59
Yangiliklar
Eron milliy terma jamoasi darvozaboni Alirizo Beyranvand "Persepolis"ni tark etib, Belgiya klubi "Royal Antverp" bilan shartnoma imzoladi. SHartnoma muddati uch yilga mo'ljallangan.
27 yoshli posbon ikki hafta oldin Belgiyaga jo'nab ketgandi. U shartnoma imzolashidan oldin ikki haftani karantinda o'tkazdi, shundan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tib shartnomaga imzo chekdi.
Beyranvand o'tgan to'rt yilda katta yutuqlarga erishdi. U ketma-ket to'rt bor Eron chempionligini qo'lga kiritdi, JCH-2018 final boqichida o'ynadi, shuningdek Osiyo chempionlar ligasi final o'yinlarida harakat qildi.
Endilikda u yangi jamoasi safida Evropa Ligasida ham maydonga tushadi. Belgiya chempionatini "Royal Antverp" 8 avgust kuni "Gent" klubiga qarshi bahs bilan boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar