Alimov va Fayziev navbatdagi yig'inga chaqirilmadi
30 dek 2013 16:28
Yangiliklar

Alimov va Fayziev navbatdagi yig'inga chaqirilmadi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi dekabr so'nggida Toshkentda yig'in o'tkazdi.
Yanvarning boshida SHuhrat Maqsudov jamoasi xorijiy yig'inni o'tkazish uchun BAAga uchib ketadi. Ushbu yig'inga himoyachi SHerzod Fayziev bilan hujumchi Navro'z Alimov chaqiruv olishmagan. Katta ehtimol bilan bu futbolchilar Ummondagi U-22 Osiyo chempionatiga borishmaydi.
Jamoa ustozi SHuxrat Maqsudovning "CA"ga bergan xabariga ko'ra olimpiya terma jamoasi futbolchilari 3 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tishadi. 5 yanvar kuni esa delegaciya BAAga yo'l oladi.
Ummonda bo'lib o'tadigan 2014 yilgi U-22 Osiyo chempionati bahslarida O'zbekiston terma jamoasi D guruhida Iroq, Saudiya Arabistoni va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 11-26 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan musobaqadagi ilk o'yinni SHuhrat Maqsudov shogirdlari 12 yanvar kuni Xitoyga qarshi o'tkazadi.

Fikrlar