So’nggi yangiliklar

00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  1 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  4 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  21 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1

Alibobo Rahmatullaev: "Navbahor" jamoasi muxlisi bo'lib qolaman" Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev: "Navbahor" jamoasi muxlisi bo'lib qolaman"

Ozarboyjonning "Revan" jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan Alibobo Rahmatullaevning fikrlari bilan qiziqdik.


"Yangi jamoaga kelganimdan xursandman. "Ravon" klubi o'z oldiga yaxshi maqsadlar qo'ygan. Bu jamoa hali yosh. Faoliyatimda biroz to'xtalish bo'lib, o'yinim orqaga qarab ketgandi. Asta-sekin o'z sport formamni tiklab bormoqdaman. Bu taklif men uchun oldinga tashlangan qadam bo'ldi desam adashmayman. Xudoga shukur, barchasi yaxshi kechmoqda. Meni mavsum o'rtasida qo'yib yuborgani uchun "Navbahor" jamoasi, xususan Baxtiyor Ashurmatovga katta rahmat aytaman. Kamdan-kam murabbiylar bunga rozilik bildirishadi. Umuman "Navbahor" jamoasidagi barchaga tashakkur bildiraman. Ushbu jamoadan chetga chiqib ketmoqdaman. "Navbahor" jamoasi menga tramplin vazifasini bajarib berdi desam yanglishmayman. "Navbahor"dagi barcha futbolchilarga omad tilagan holda, "Dinamo"ga qarshi o'yinda ulardan g'alaba kutaman. Men "Navbahor" jamoasi muxlisi bo'lib qolaman. To'g'risi, kam muddat o'ynagan bo'lsamda, "Navbahor" jamoasi juda yoqqandi. Bu erdagi muxlislar meni yuragimdan joy olishdi. Hali boshqa hech qaerda bu kabi fidoiy, futbolni sevadigan ishqibozlarni ko'rmagandim. Ular jamoa qo'llab-quvvatlashda juda faol. Mashg'ulotlarda ham muxlislar tashrif buyurishlari guvoh bo'lgandim. Umid qilamanki, "Navbahor" jamoasi kelgusida ko'plab yutuqlarga erishadi.

Yangi jamoam bilan 13 sentyabrda Xudo xohlasa Bokuning "Neftchi" klubiga qarshi derbi o'yinida maydonga tushaman. Bu o'yin qiymati juda baland ekan. Bu erda imkon qadar o'zimni ko'rsatib, yurtimiz futbolini munosib himoya qilishga harakat qilaman", - deydi Alibobo Rahmatullaev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика