So’nggi yangiliklar

22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  52 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  3 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  16 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5

Alibobo Rahmatullaev: "Klub futbolchilarni aldadi, "Revan" bankrot bo'lgan" Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev: "Klub futbolchilarni aldadi, "Revan" bankrot bo'lgan"

Ozarboyjonning "Revan" jamoasida bir muddat to'p tepgan hamyurtimiz Alibobo Rahmatullaev nega jamoadan ketganini malum qildi.


- "Revan" klubiga yaxshi niyatlar bilan borgandim. Biroq klub futbolchilarning maoshlarini bermay aldab yurdi. "Revan" ayni paytda bankrot bo'lgan. Ko'plab futbolchilar ketvorishdi. Ular endi o'z yoshlarini o'ynatishmoqchi. Mendan tashqari jamoaning etakchi futbolchisi ham klub bilan hayrlashdi. Keyinchalik shartnomada ko'rsatilgan mablag'dan juda past maosh beramiz deyishdi. Jamoa bosh murabbiyi meni qolishimni juda xohlagandi. Lekin klub shartnomaga amal qilmaganidan keyin qolishdan naf yo'q edi. Yaxshi Toshkentgacha qaytishimga chiptam bor edi. Qishga qadar jamoada qolsam ham bo'lardi.  Gap faqat pulda emas, biroq klub futbolchini aldaganidan so'ng qolishdan ne foyda? "Revan" jamoasi direktori ko'p yolg'on so'zlarkan. SHu vaqtgacha faqat bir oylik maoshni oldim. Qolganlar o'shani ham olisholmadi. To'g'risi, Ozarboyjon matbuoti yozgan narsani o'qib xayron qoldim. Ular o'zlarini oqlab yozishgan. Nima uchun legionerlar kutilgandek o'ynay olishmadi deb yozib qo'yishgani tushunarsiz holat. Nima ham derdim, Xudo insof bersin. Bazi mahalliy futbolchilarini yoshlar tarkibiga o'tkazib, yaxshi o'ynolmadinglar deb maoshlarini qisqartirib tashlashdi. Ular haqida xabarda yozishmagan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика