So’nggi yangiliklar

19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:24Суперлига. "Навбаҳор" - ОКМК (матнли трансляция)  3 19:23"Реал"га Родри керак  4 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  2 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  6 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  15 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  2 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  9 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  4

Ali Isa Said: “Pley–offda kim bilan to'qnash kelishimizning farqi yo'q” Yangiliklar

Ali Isa Said: “Pley–offda kim bilan to'qnash kelishimizning farqi yo'q”

Teglar :  Ali Isa Said
Bugun “B” guruhida Iroq terma jamoasi Eronga qarshi 3–tur o'yinini o'tkazadi. Biz Iroq terma jamoasi menejeri Ali Isa Said bilan uchrashib bugungi o'yindan oldin intervyu oldik.

- Suhbatimiz avvalida bundan oldingi Iordaniyaga qarshi o'yin haqida gapirsangiz.
- Bizning guruhimizda Iroq hamda Eron terma jamoalari favorit edi. Xitoy va Iordaniya esa guruhimiz autsayderi sifatida ishtirok etdi. Bundan oldingi ikkita o'yinlar biz uchun engil o'tdi. Qiyin uchrashuvimiz bugungi bahs bo'lishi tayin.

- Eron terma jamoasiga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rdinglar?
- Eron terma jamoasi nafaqat guruhning balki musobaqaning favoriti hisoblanadi. Bitta mintaqadan bo'lsak ham Eron jamoasini yaxshi bilamiz. Tayyorgarligimiz bunday ikki oy oldin boshlangandi. Hozirgi kungacha tayyorgarlikni biroz bo'lsa ham susaytirganimiz yo'q.

- Bugungi o'yinda Eronga mag'lub bo'lsanglar pley–offda O'zbekistonga qarshi to'qnash kelasizlar. Ushbu terma jamoa haqida qanday fikr bildirasiz?

- Ushbu musobaqaga barcha terma jamoalar munosib tayyorgarlik ko'rishgan. Bizning guruhimizga qaraydigan bugunga o'yinda bo'lsak mag'lub bo'lgan jamoa keyingi bosqichda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi to'qnash keladi. “A” guruhiga qaraydigan bo'lsak O'zbekiston, Qirg'iziston, Livan va Saudiya Arabistoni terma jamoalarini kuchini teng deb bilaman. Keyingi bosqichda kim bilan to'qnash kelishimizni ahamiyati yo'q.

-  Pley–off bosqichida O'zbekiston terma jamoasiga qarshi to'qnash kelishinglar mumkin. Ushbu terma jamoadan qo'rqmayapsizlarmi?

-  Men O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yinini kuzatganim yo'q. Ushbu terma jamoani katta futbolda yaxshi bilaman ammo bu futzal. Futzalda imkoniyatlar ko'proq bo'ladi. Har bir o'yinda ushbu imkoniyatlardan unumli foydalana olsak uchrashuvda kerakli natijaga erishamiz.   



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика